JANOME Jasmin25 Tikuv mashinasi
Janome Jasmin25 elektromexanik tikuv mashinasi o‘zining nozik gulli dizayni va mukammal funksionalligi bilan e’tiborni tortadi. Vertikal mokiga ega bu model shifondan jinsigacha bo‘lgan barcha turdagi matolarni oson tikadi. O‘rnatilgan ipo‘tkazgich ignaga ip o‘tkazishni osonlashtiradi. Janome Jasmin25 da o‘zingizga kerakli sozlamalarni oson o‘rnatishingiz mumkin: choklar jadvali chok tanlash, baxya uzunligi va kengligi rostlagichlari yonida ko‘z darajasida qulay joylashgan. Tikuv operatsiyalarining keng tanlovi elastik zigzag yordamida rezinka tasmani tikish, qirralarni yashirin yoki overlok choklar bilan ishlov berish, kuchaytirilgan trikotaj chok bilan streych matolarni tikish, dekorativ choklardan foydalangan holda pechvork texnikasida ishlash imkonini beradi. Izma avtomatik rejimda kerakli tugma o‘lchamiga moslab tikiladi. Janome Jasmin25 bilan har qanday tikuv ishlarini tez va qulay bajara olasiz.
* Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang