220 Chang yutgichlar
Ushbu modelning tortish quvvati 430 vattni tashkil etadi. Siklon turidagi changyutgichlar standart turdagi maishiy changyutgichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega, jumladan barqaror quvvat, foydalanish qulayligi va tejamkorlik. Bundan tashqari, ushbu model havoni yuqori darajada tozalashni ta'minlaydigan yuviladigan HEPA filtri bilan jihozlangan. Qulay teleskopik truba tozalash jarayonida siz uchun qulay bo‘lgan uzunlikni o`rnatish imkonini beradi. Artel VSS 0220 changyutgichining chang to`plagichining sig‘imi 2,5 litrni tashkil qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, to‘lgan chang to`plagichni bo‘shatish qiyin emas, chunki chang qopga belanishning hojati yo‘q. Ushbu modelning afzalliklariga yoqimli qo‘shimcha - turli sirtlarni tozalashga yordam beradigan qo‘shimcha Maxi Turbo cho‘tkasining borligidir.