220 Chang yutgichlar
Artel VCB 0316 changyutgichining tortish quvvati 320 vattni tashkil etadi. Bu quvvat sizga juda qalin gilamlarni ham tozalashni osonlikcha uddalashga yordam beradi. Maxsus teleskopik truba tozalash jarayonida o`zingiz uchun qulay bo‘lgan uzunlikni o`rnatishingiz uchun moslab loyihalashtirilgan. Shlangning 360° aylanishi va uning moslashuvchanligi yetish qiyin bo`lgan joylarga yetish imkonini beradi. Ushbu modelning yana bir afzalligi uning harakatlanish qobiliyatidir, bu tozalash jarayonini osonlashtiradi. Ushbu modeldagi chang to`plagichning hajmi 2 litrni tashkil qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, Artel changyutgichining ushbu modelining vazni atigi 3,7 kg-ni tashkil qiladi. Bu tozalash jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi, boisi o`zingiz bilan katta hajmli changyutgichni olib yurishning hojati yo‘q.