220 Chang yutgichlar
Philips FC9174/02 qizil changyutgichi
Philips FC9174/02 changyutgichi qopchali changyutgichlar orasida birinchi o‘ringa olib chiqadigan bir qator xususiyatlarga ega. Birinchi – qopchaning hajmi. Ushbu modelda u 4 litrni tashkil etadi, bu sizga changyutgichni deyarli to‘liq yoki deyarli bo‘sh chang to`plagich bilan ham to‘liq quvvatda ishlatish imkonini beradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Philips FC9174/02 changni havoga qaytib chiqib ketishiga imkon bermaydigan HEPA nozik tozalash filtri bilan ishlab chiqilgan.
Ikkinchidan, Turbo moslamaning mavjudligi ushbu changyutgich foydasiga ishlaydi. U aylanadi va gilamdagi chang va kirni an'anaviy moslamaga nisbatan 25% ga samaraliroq tozalaydi. 7 m`lik tarmoq shnurini tortib chiqarish oson, bu sizga xonadan xonaga erkin harakatlanish imkonini beradi. Philips FC9174/02 shnuri osongina yig`iladi ham – bitta tugmani bosish orqali.
* Mahsulotning rangi va to`plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.