Tikishni endigina boshlagan bo‘lsangiz ham tikuv mashinasi buni oson va qulay bajarishingizni ta’minlaydi. U yaxshi funksionallikka ega va 23 tagacha chok operatsiyalarini bajara oladi. Boshqaruv – elektromexanik turda bo‘lib, oyoq tepkisi va mashina korpusidagi o'tkazgichlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruv turi tikish tezligini nazorat qilish imkonini beradi. Vertikal turdagi moki ishlatish jarayonida eng qulay va ishonchli hisoblanadi. U tufayli pastki ip tarangligini sozlash mumkin. Tikuv mashinasi asosiy va elastik choklardan tashqari overlok chokini ham bajara oladi. Buning uchun to‘plamda qo‘sh igna mavjud. Uning yordami bilan trikotajdan istalgan buyumni oson tikishingiz mumkin. Avtomatik ravishda bajariladigan izma tikish jarayonini yanada qulaylashtiradi, chunki izma o‘lchami esda qolgani sababli uni zarur marta takrorlash mumkin. Maxsus panjachalarning mavjudligi esa zanjirsimon yopqichlarni, shuningdek tugmachalarni tikish imkonini beradi. Mashinaning qo‘shimcha xususiyati yoritgichning mavjudligidir.
*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.