Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

EFH/W-9020

EFH/W-9020
EFH/W-9020
35


















  • SKU 3087

Electrolux EFH/W-9020 issiqlik ventilyatori

Bu qulay va o’rnatilishi sodda bo’lgan moslama keng foydalanish doirasiga ega: turar-joy xonalaridan restoran, mehmonxona, banklar va savdo rastalarigacha. Eksklyuziv mualliflik loyihasi bo’yicha yaratilgan, devorga o’rnatiladigan Electrolux EFH/W-9020 issiqlik ventilyatori istalgan xonaga yorqin individuallik taqdim etadi. Moslama rekord darajada tez muddatlarda xonani isitadi. Model LED-displey va M/B pultiga ega. Pultni saqlash uchun alohida joy ajratilgan: u moslama korpusining yon qismida joylashgan.

Moslamaning asosiy ustunliklari

  • moslama korpusida joylashgan sensor boshqaruv paneli uning barcha funksiyalarini maksimal qulay boshqarish imkonini beradi;
  • moslamani devorga o’rnatilishi xonadagi joydan to’g’riroq foydalanish imkonini beradi.

O’ziga xos jihatlari

  • Sensor boshqaruvli LED-displey;
  • haroratni 1°С gacha aniq belgilash imkoniyati;
  • havo oqimining yo’nalishini rostlash;
  • korpusida M/B pultini saqlash uchun joy ajratilgan;
  • ekologik tozaligi – issiqlik ventilyatorini ishlab chiqarishda ekologik toza va xavfsiz materiallardan foydalanilgan;
  • ishonchli va yuqori sifatli – issiqlik ventilyatori zarbga chidamli va issiqlikbardosh plastikdan tayyorlangan;
  • yevropa sifat standarti;
  • chang va namlikdan himoyalanganlik sinfi IP24.

Funksional o’ziga xosliklari

  • 2 kVt quvvatga ega yuqori ishonchli keramik isitish elementi;
  • ortiqcha qizishdan himoyalovchi o’lchagich;
  • taymer;
  • M/B pulti;
  • 3 ta ish rejimi.

3 ta rejimda ishlay oladi:

  • isitish funksiyasini ishga tushirmasdan ventilyatsiya rejimi;
  • 1000 Vt yarim quvvatda isitish rejimi;
  • 2000 Vt to’liq quvvatda isitish rejimi.

*Mahsulotning to'plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling.

    13

    105




































      15

      2024 © «idea.uz - интернет-магазин»