Yarim avtomat (dala hovli)— kir yuvish mashinalarining eng oddiy turi, asosan dala hovlilarda va to‘liq «avtomat» mashinani o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan va bundan ma`ni bo‘lmagan boshqa joylarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Yarim avtomatik modellarda baraban o‘rniga mahkamlangan idish mavjud va yuvish faollashtiruvchi — suvni ichiga yuklangan kirlar bilan aralashtiruvchi eshkakli g‘ildirak yordamida amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarda suv yig‘ish uchun nasoslar va isitgichlar mavjud emas, shuning uchun suvni qo‘lda quyish (va ba'zi modellarda — to‘kish ham), alohida isitish kerak.