Markazdan qochma sharbat siqgichning xushbichim dizayni tufayli u istalgan interyerga mos tushadi. Bundan tashqari, u oshxona stolida ko‘p joy egallamaydi. Bu modelninng korpusi mexanik ta'sirlarga chidamli, sifatli plastikdan tayyorlangan. Uning motorining quvvati 900 Vt ni tashkil qiladi. Bu esa siz tezda mazali va foydali ichimlik tayyorlashingiz uchun yetarli. Sharbat siqgich yuklash og‘zining diametri 75 mm, shuning uchun siz mevalarni bo‘laklamasdan butun holda solishingiz mumkin. Sharbat siqib bo‘lingandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1,25 litrli stakanga quyiladi, meva go‘shti esa – maxsus 2 litrli konteynerga borib tushadi. Ishlab chiqaruvchilar bu modelga «tomchi-stop» tizimini o‘rnatishgan, bu esa tomchilarni ish stoliga tomishini oldini oladi va uni maksimal darajada toza qolishiga sabab bo‘ladi. Ikkita tezlik rejimidan birini tanlagan holda siz mazali va foydali ichimlikni nafaqat yumshoq, balki qattiq mevalardan ham olishingiz mumkin.