Kamerasining hajmi 23 litrni tashkil qiluvchi ushbu pech sizning taom pishirish bo'yicha muammolaringizni hal qiladi va vaqtingizni tejaydi. Unda avtomat menyuning 20 ta dasturi mavjud. Samsung MS23F302TAK KBWmikroto'lqinli pechning kamerasi biokeramik email bilan qoplangan, u qurilmadan foydalanishni ancha osonlashtiradi. Dasturlardan tashqari, pechda modeldan foydalanish yanada qulay va xavfsiz bo'lishi uchun "Tez eritish", "Bolalardan himoya" va "Hidlarni bartaraf etish" funksiyalari mavjud. Bundan tashqari, pech taymerning yakunlanganligi to'g'risida xabar beruvchi bir necha tovushlardan birini tanlash imkonini beradi.
Samsung MS23F302TAKKBWmikroto'lqinli pechining quvvati 800 Vt ni tashkil etadi, bunda mikroto'lqinli pech elektr tarmog'ida 1150 Vt iste'mol qiladi. Aylanuvchi poddonning diametri – 288 mm. Taymerning maksimal vaqti 1 soat 39 daqiqani tashkil etadi – bu sizga uydagilaringizni murakkab taomlar bilan hayratlantirish imkonini beradi