Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

A505 White

A505 White
A505 White
A505 White
A505 White
A505 White
A505 White
deliverydeliverydelivery
35
231: Samsung
  • SKU 922


















Samsung Galaxy A50 64Gb White  smartfoni

 

Samsung Galaxy A50 smartfonining uchtalik orqa kamera moduli 25, 8 va 5 MP matritsalar bilan jihozlangan. Ular sekundiga 960 kadrgacha va HD formatda super sekinlashtirilgan videolarni suratga olishadi. Zarur hollarda, pleylistdan shaxsiy musiqiy treklaringizni yozib olingan videoga qo‘shishingiz yoki hatto uchta turdagi - oddiy, teskari va aralashgan holda ularni GIF animatsiyalariga o‘zgartirishingiz mumkin. Ular, shuningdek, avtofokus, makro, 2 karralik optik kattalashtirish, F/1.7 diafragma va optik stabilizatsiyaga ega. Old tarafdagi 25 megapikselli modul ajoyib selfi suratga olish, shuningdek, yaqinlaringiz yoki do‘stlaringiz bilan videochatlarda muloqot qilish imkonini beradi. «Боке» fonni xiralashtirish rejimi va « , » Jonli fokus funksiyalaridan foydalanib eng ifodali portretni olasiz. Bundan tashqari, endi yuz ifodalari va imo-ishoralarini toʻliq takrorlaydigan oʻzingizning animatsion nusxangizni yasashingiz, soʻngra uni ijtimoiy tarmoqlar yoki xabarlarda yuborishingiz mumkin.

 

 

Zamonaviy 2,3 gigagerts taktli chastotali sakkiz yadroli Samsung Exynos 9610 protsessori eng so‘nggi uskuna va dasturiy ta'minot tezlatgichi bilan uyg’unlikda zamonaviy resurs talab qiladigan o‘yinlar va ilovalarni qo‘llab-quvvatlash ishini juda yaxshi uddalaydi. Shu bilan birga, One UI xususiy grafik qobig’i Google Android 9.0 Pie operatsion tizimi asosida ishlaydi. 4 GB operativ xotira ko‘plab turli xil o‘yinlar va ish dasturlarini o‘rnatish uchun yetarli bo‘ladi. Barcha musiqalaringiz, videolaringiz, fotosuratlaringiz va boshqa multimedia fayllaringiz 64 GB hajmli ichki xotirada saqlashingiz mumkin. Agar bu ko‘rsatkich yetarli bo‘lmasa, siz qo‘shimcha ravishda 512 Gb gacha sig’imga ega micro SD xotira kartasini o‘rnatishingiz mumkin. Nano SIM-kartalar uchun ikkita uya hisobiga siz rasmiy va shaxsiy qoʻngʻiroqlarni ajratishingiz mumkin.

 

 

Ushbu modelning korpusi yuqori sifatli plastik va tirnalishlarga chidamli shishadan qilingan. Bundan tashqari, u sirpanmaydi va 19:9 nisbati tufayli qo‘lga juda yaxshi joylashadi. Ekran yarqirashlarga qarshi oleofob qatlam bilan qoplangan va yuqori darajadagi yorqinlik bilan kunning eng quyoshli vaqtida ham ko‘rsatilayotgan ma'lumotlarni ko‘rish mumkin. Old panelga ko‘chirilgan va to‘g’ridan-to‘g’ri ekranga o‘rnatilgan ergonomik ultratovushli barmoq izi skaneri begonalar kirishini yopish va so‘ngra unga bir marta tegish bilan ochish imkonini beradi. Ishlab chiquvchilar tuzilmaga egasining yuz xususiyatlarini taniydigan sensorni ham kiritganlar.

 

 

Ekran matritsasi Super AMOLED texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, u istalgan sharoitda barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan ranglar va tuslarni mukammal tarzda uzatishni ta'minlaydi. Displey diagonali 6,4 dyuym, o‘lchamlari Full HD + formatiga mos keladi va 2340x1080 pikselni tashkil etadi, zichligi esa 404 PPI dan oshmaydi. «Always On Display» funksiyasi bloklangan displeyda joriy vaqt va sanani ko‘rsatadi. 4000 mAh Lityum Polimer batareyasi uzoq vaqt davomida faol foydalanish paytida uzluksiz ishlashni ta'minlaydi. Tezkor zaryadlash funksiyasi batareya quvvatini 2 soatdan kamroq vaqt ichida 0 dan 100% gacha to‘ldirish imkonini beradi. Wi-Fi va Bluetooth uzatgichlaridan foydalanib, siz simsiz tarmoq kirish nuqtasiga tezda ulanishingiz yoki boshqa mobil qurilmalari bilan aloqa o‘rnatishingiz mumkin. O‘rnatilgan NFC texnologiyasi kontaktsiz usulda bank kartalarini qabul qiluvchi istalgan terminalda Samsung Pay xizmati orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»