Honor X8b smartfonining asosi Qualcomm Snapdragon 680 protsessori bo‘lib, u 8 GB operativ xotira va 128 GB ichki xotira bilan to‘ldirildi. Avtonom ishlash uchun 35 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 4500 mA/soat sig‘imli akkumulyator javobgar.
Ma’lumotlar 2412 × 1080 piksel o‘lchamli 6,7 dyuymli yangilanish chastotasi 90 Gts va maksimal yorqinligi 2000 nits bo‘lgan AMOLED displeyda namoyish etiladi. Old panelda 50 megapiksel o‘lchamli old kamera mavjud. Orqa panelda foydalanuvchilar 108 megapikselli asosiy kamera, 5 megapikselli ultra keng burchakli kamera va 2 megapikselli chuqurlik kamerasini ko‘rishlari mumkin. Smartfon Android 13 asosidagi MagicOS 7.2 qobig‘ida ishlaydi.