220 Smart-soatlar
Xiaomi Redmi Smart Band 2 diagonali 1,47 dyuym va ruxsati 172 &time; 320 piksul o‘lchamli to‘g‘ri to‘rtburchak ekranga ega bo‘ldi. Yorqinlik — 450 nit. Panel 2,5D shisha bilan qoplangan. Korpus 5 AТМ suvdan himoya sinfiga ega. Bilaguzuk egalari jismoniy faoliyatning 30 dan ortiq turlarini kuzatish imkoniyatiga ega: frisbi, skeytbord, yugurish, velosiped haydash va boshqalar. Bilaguzuk yurak urish tezligini kechayu kunduz kuzatishni ham qo‘llab-quvvatlaydi, agar ko‘rsatkichi normal me’yoriy ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelmasa, qurilma foydalanuvchini bu haqda ogohlantiradi. Shuningdek, qondagi kislorod darajasini, uyqu sifatini va stress ko‘rsatkichlarini aniqlash funksiyalari ham mavjud. Smartfon bilan ulanish Bluetooth 5.1 orqali amalga oshiriladi; Avtonomlikka to‘xtaladigan bo‘lsak, RedmiBand 2 akkumulyatorni to‘liq zaryad qilganda 14 kungacha va intensiv foydalanish rejimida olti kungacha ishlaydi. Korpus qalinligi — 9,99 mm, qurilmaning og‘irligi & mdash; 14,9 g.