220 Smartfonlar
Honor kompaniyasi HonorX9b smartfonini taqdim etdi. Yangi mahsulot joriy yilning yanvar oyida chiqarilgan HonorX9a modelining vorisi hisoblanadi. Yangi model kuchliroq protsessor, kattaroq sig‘imli batareya, kattaroq ekran, shuningdek qiziqarliroq kameralar to‘plamiga ega bo‘ldi.
Smartfon 2652 × 1200 piksel o‘lchamli hamda 120 Gts yangilanish chastotasiga ega 6,78 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. HonorX9b QualcommSnapdragon 6 Gen 1 protsessoridan foydalanadi (to‘rtta 2,2 GGs chastotali ArmCortex-A78 yadrosi, 1,8 GGs chastotali to‘rtta Cortex-A55, Adreno 710 grafik yadrosi). Yangi mahsulot 12 GB operativ xotira va 256 GB doimiy xotirani taqdim etadi. Doimiy xotira yordamida operativ xotirani deyarli 20 Gb gacha kengaytirish mumkin.
Yangi mahsulotning asosiy kamera bloki 108 megapikselli asosiy sensor, ultra keng burchakli suratga olish uchun optikaga ega 5 megapikselli sensor va 2 megapikselli makro sensordan iborat. Qurilmaning old tomonida 16 megapikselli selfi kamerasi joylashgan.
HonorX9b Android 13 asosidagi MagicOS 7.2 operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma 35 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab- quvvatlaydigan 5800 mA·soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Yangi mahsulot 5G, Bluetooth 5.1 va NFC modullari hamda ikkita SIM-karta uchun joy bilan jihozlangan.