Artel ART-HB-801W botiriladigan blenderi - – bu mahsulotlarni bir hil konsistensiyaga erishguncha maydalashga yordam beradigan 1000 Vt quvvatga ega bo‘lgan yangi botiriladigan blender.
Ushbu model dizayni 1,3 litr hajmli qulay stakanni o‘z ichiga oladi, unda siz istalgan ingredientlarni osongina aralashtirishingiz, ko‘pirtirishingiz va maydalashingiz mumkin.
Shu bilan birga nozulning balandligi 27 sm gacha yetadi, nozul shakli esa ideal bir hil konsistensiyaga erishish imkonini beradi. To‘plamda qo‘shimcha ko‘pirtirgich nozuli ham mavjud, uning yordamida qaymoq yoki xamir ko‘pirtirish uchun alohida mikser sotib olishingiz shart emas.
Shuningdek, unda maxsus «qulf», tizimi taqdim etilgan bo‘lib, u sizga nozulni osongina almashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, maxsus maydalagich katta hajmdagi mahsulotlarni ham qayta ishlashga yordam beradi.
Qurilmaning botirilagan qismi yuqori sifatli metalldan ishlangan. U mexanik shikastlanishga moyil emas, bu esa qurilmaning uzoq xizmat qilish muddatini ta’minlaydi.