Artel KE 8810 elektr choynagi – korpusi issiqqa chidamli oziq-ovqat plastikidan tayyorlangan, qizdirilganda yoqimsiz hid chiqarmaydigan zamonaviy model. Uning isitish elementining maksimal quvvati 2200 vatt bo‘lib, buni hisobiga suvning tez qaynashi ta’minlanadi. Bundan tashqari, ushbu model yuqori energiya samaradorligi A++ sinfiga tegishli. Choynakning 1,7 litr sig‘imi butun oila uchun choy yoki qahva qaynatish uchun yetarli bo‘ladi. Qulf mexanizmiga ega qopqoqning mavjudligi tufayli qaynatish jarayonida tasodifiy ochilib ketib, bug‘dan kuyishning oldi olinadi. Tutqich qo‘lda qulay tarzda o‘rnashadi va ish paytida qizib ketmaydi, kuyish ehtimolini bartaraf etadi. Bundan tashqari, korpusdagi shaffof shkala rezervuarda qolgan suv darajasini aniq aniqlash imkonini beradi.