Havo namlantirgich Artel ART-AH-908 A
Havo namlagichi Artel AH 908A Artel AH 908A – mahsuldorligi 300 ml/soat bo‘lgan ultratovushli havo namlagich. U maydoni 50 kvadrat metrgacha bo‘lgan xonada havoni teng ravishda taqsimlaydi va namlaydi. Innovatsion texnologiya tufayli qurilma havoni suv molekulalari bilan to‘yintiradi. Bundan tashqari, maksimal qulaylik uchun namlik darajasini o‘zingizning xohishingizga ko‘ra sozlashingiz mumkin. Shu bilan birga, qurilma ish paytida deyarli sokin turadi, shu bois undan hatto tunda ham foydalanish mumkin. Ishlab chiquvchilar ushbu modelga suvsiz qolganda avtomatik o‘chirish funksiyasini ham kiritganlar, bu uskunangizning ishlash muddatini sezilarli darajada uzaytiradi. 4,5 litr hajmli keng suv idishi tez –tez suv quyishni taqozo qilmaydi. Suv darajasi indikatori yordamida esa ichkarida qolgan suyuqlik miqdorini doim bilib turasiz. Qurilma yoqilganligini yashil indikator chirog‘i orqali aniqlashingiz mumkin.
* Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring