220 Smartfonlar
2,5D egilgan shishaga ega 5,65 dyuymli hoshiyasiz ekran ranglarni haqiqiydek uzatilishini ta'minlaydi. Shuningdek katta ekran yengil va ixcham korpusga o‘rnatilgan, qurilma qo‘lga qulay joylashadi.
style="text-align: justify;"> Ekranni aqlli ajratish funksiyasi tugmani bitta bosish bilan ekranda ikkita ilovani ochish imkonini beradi*. Endi siz filmni tomosha qilishni to‘xtatmay turib, elektron pochta xabarlariga javob berishingiz yoki chatda yozishingiz mumkin. Yangi HUAWEI P smart bilan sevimli mashg’ulotlaringizdan “uzilishingiz” shart emas!Ba'zi ilovalar bu funksiyani qo‘llab-quvvatlamaydi.
13MP + 2MP-li juft orqa kameralar yuqori sifatli tasvirlarni ta'minlaydi. Keng diafragma rejimi sizga maksimal darajadagi real, shuningdek, boke effektili suratlarni olish imkonini beradi.
Portret suratlar uchun maxsus bezash algoritmi 8 MP old kamerada ajoyib selfi olish imkonini beradi.
Imo-ishoralar yordamida suratga olish funksiyasi HUAWEI P smart qurilmangizda qo‘lingiz silkitib turib, suratga olish imkonini beradi.
HUAWEI Share funksiyasi HUAWEI smartfonlari orasida tezkor fayl almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi. Buning uchun internetga ulanish yoki qo‘l bilan qurilmalarni ulashni talab qilmaydi.
HUAWEI P smart bir vaqtning o‘zida ikkita Bluetooth audio qurilmalarini ulashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bluetooth-li eshitish vositasi orqali qo‘ng’iroqlarga javob berib turib, smartfoningizni avtomobilning multimedia tizimiga ulashingiz mumkin.
EMUI 8.0 interfeysi qurilmangizni boshqarishning yangi usullarini taqdim etadi. Katta hajmli 32 GB xotirasi, 256 GB gacha bo‘lgan microSD kartani qo‘llab-quvvatlashi va optimallashtirilgan fayllarni saqlashning optimallashtirilgan tizimi sevimli suratlar, videolar va musiqalaringizni boshqarishda qulaylikni ta'minlaydi.
*Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan xotiraning haqiqiy hajmi ko‘rsatilganidan kamroq, Boisi OT va oldindan o‘rnatilgan ilovalar qurilma xotirasida saqlanadi. Mavjud xotira hajmi tizim yangilanishidan keyin, foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari natijasida va boshqa sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.