220 Changyutgichlar
Samsung VCC8836V36/XEV сhangyutgichi
Oshirilgan 430 Vt tortish quvvatiga ega Samsung qopsiz changyutgichi beqiyos tozalikni ta'minlaydi. Motor oldi filtriga chang to`lib qolgan taqdirda, changyutgichdan chiqadigan havo oqimi va u bilan birga tortish kuchi ham kamayadi. Super Twin Chamber texnologiyasi ikki kamerali changyutgichning havo oqimi tizimi uzoq vaqt davomida maksimal tortish quvvatini saqlab turish uchun mo‘ljallangan. Super Twin Chamber texnologiyasi boshqa Samsung changyutgichlari bilan solishtirganda tortish quvvatini 20% uzaytirish imkonini beradi. Samsung Silencio Force Brush cho`tkasi nasadkadan kiruvchi havo oqimi harakatini optimallashtirish orqali maksimal tortish quvvatini ta`minlaydi. Natijada, polda hech qanday chang qolmaydi. Bundan tashqari, changyutgichning korpusidagi yumshoq bamper odatda changyutgichni xona bo‘ylab harakatlantirganda yuzaga keladigan mebelni tirnalish va shikastlanishdan himoya qiladi. Mo‘ynali qismlardan yasalgan an'anaviy cho‘tkalardan farqli o‘laroq, Silencio Force Brush changga yopishmaydigan maxsus material bilan qoplangan plankalar bilan jihozlangan. Super Twin Chamber texnologiyasiga ega changyutgichning chang to`plash konteynerini tozalash oddiy va oson. Chang qutisini bo‘shatish uchun faqat uni aylantirib, changni chiqindi qopiga to`kishning o`zi kifoya qiladi. SC88 seriyali changyutgich HEPA 13 filtri bilan jihozlangan bo‘lib, u changyutgichning chiqishidagi havo toza bo‘lishini ta'minlaydi va allergenlardan ishonchli himoya qiladi.
* Mahsulotning rangi va to`plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.