Shivaki Art-MM720C2GT mikroto'lqinli pechi Qora
Shivaki MM720C2GT mikroto'lqinli pechining ichki kamerasi oson tozalanuvchi va qirilishlarga bardoshli maxsus qoplamaga ega. Unda ishchi kameraning sig'imi 20 litrga teng. Ushbu ko'rsatkich kichik oila uchun to'laqonli tushlik yoki kechki ovqat pishirish uchun yetarli. Barcha rejimlarning boshqaruvi texnikaning old qismida joylashgan kichik raqamli panel orqali amalga oshiriladi. Shuningdek mikroto'lqinli pechda 35 daqiqaga taymer ko'zda tutilgan. Ixcham va foydalanish oson bo'lgan zamonaviy mikroto'lqinli pechning qizdiruvchi elementi 1050 Vatt yuqori quvvatga ega, buning natijasida taomlarning bir tekis pishirilishi ta'minlanadi. Mikroto'lqinli pechda bir qator foydali dastur va rejimlar amalga oshirilgan.
* Mahsulotning to’plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling