Jack JK-H 2 Sanoat tikuv mashinasi
Jack JK-N2-CZ odimlovchi panjacha (peretop) bilan to‘g‘ri chok tikuv mashinalari turiga kiradi - ustki va ostki transportyor mavjud. Mashhur Djek firmasining modeli o‘rnatilgan motor bilan jihozlangan bo‘lib, shu tufayli kamroq elektr energiyasini iste’mol qiladi. Mashina og‘ir materiallar va o‘rta qalinlikdagi matolar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu modeldagi moki kattalashtirilgan bo‘lib, moylash markazlashtirilgan, ya’ni avtomatik ravishda bajariladi. Ishlash oson va qulay bo‘lishi uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan ishchi joyga LED yoritgichi o‘rnatilgan. Tezlik daqiqasiga 2000 aylanishgacha yetadi, baxya uzunligi esa 8 mm ga teng.
* Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang