220 Smartfonlar
Smartfon Apple IPHONE 13 PRO MAX 256GB GOLD
ProMotion texnologiyasili yangi Super Retina XDR displeyning yangilanish chastotasi soniyasiga 10 dan 120 martagacha o‘zgarishi mumkin. Tez grafik ishlov berish kerak bo‘lganda u avtomatik ravishda oshiriladi va quvvatni tejash uchun boshqa vazifalarni bajarayotganda pasayadi. Yangilanish chastotasi hatto kontentni aylantirib chiqishdagi barmog’ingiz tezligiga bog’liq. Farqni his qiling.
Aloqada. Ayni damda. iOS 15 bilan siz FaceTime bo‘yicha muloqot qilish vaqtida ekraningizdagi filmlar, musiqa va boshqa kontentni suhbatdoshlaringiz bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Bildirishnomalarning ayni paytda dolzarb bo‘lganlarini ko‘rish va asosiy narsaga e'tibor qaratish uchun ularni sozlash oson. E-pochta xabarini yuborish yoki qo‘ng’iroq qilish uchun esa suratdagi tegishli matnni bosishning o‘zi kifoya.
Kuchliroq kamera tizimi. Pro kamera tizimi eng katta yangilanishga ega bo‘ldi. Yaxshilangan uskunaviy qism sizga ko‘proq detallarni uzatish imkonini beradi. Intellektual dasturiy ta'minot fotosuratlar va videolarni tasvirga olish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Super-tezkor chip shu barcha innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Demak, siz hali bunday suratga olmagansiz.
O‘yinga jiddiy yondashuv. Displeyning 120 Gts gacha yangilanish chastotasi va yangi 5 yadroli A15 Bionic grafik protsessorining ajoyib grafik unumdorligi iPhone 13 Pro-ni haqiqiy geymerlar uchun betakror qurilmaga aylantiradi.
* Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring