220 Noutbuklar
Acer Swift 3 SF314-511-32P8 NX.ABLER.003 noutbugi
Ingichka, yengil va o’ziga xos uslubga ega Swift 3 noutbugi harakat vaqtida ishlash uchun ideal mos keladi. Intel® protsessori, quvvatlanmasdan uzoq vaqt ishlashi va IPS-displey, 14” diagonal, 3:2 tomonlar nisbati, FullHD o’lchamli kumushrang boy korpusi sizga yoqishi aniq.
Bu ingichka va yengil noutbukda vazn muammo emas. Alyuminiy hamda magniy-alyuminiy quymasidan ishlangan korpusi tufayli u bor yo’g’i 1,2 kg og’irlikka ega, bu uning mobilligida juda seziladi.
Ortiqcha ovoragarchiliklarsiz ko’proq ko’ring. Ikkita ingichka hoshiya va ekran va korpus o’lchamlarining ajoyib nisbati tufayli tomosha qilishning yuqori sifatiga ega bo’ling. Rang berilishini yaxshilash uchun Acer Color Intelligence™ va ExaColor™ texnologiyalari qo’llangan.
Katta sig’imli akkumulyator avtonom rejimda bir necha soatlar ishlaydi, bu sizga uzoq vaqt yo’lda ishlash imkonini beradi. Agar shoshayotgan bo’lsangiz, akkumulyatorni tezkor quvvatlash funksiyasi yordamida quvvatlash mumkin.
Paroldan foydalanib Swift 3 ga kirish yanada tez va xavfsiz. Intellektual yordamchi Kortana tufayli turli-tuman savollarga javob olish mumkin.
Zamonaviy noutbuk foydalauvchilariga audio- va videofayllarni saqlash va ishga tushirish uchun katta xotira sig’imi zarur. Swift 3 noutbugi sig’imi 256 GB qattiq disk saqlagichi va sig’imi 8 GB bo’lgan LPDDR4X tezkor xotira bilan yetkaziladi.
Ulanishning keng imkoniyatlari: USB-C™ va HDMI portlari mavjudligi tufayli Swift 3 noutbugiga turli qurilmalarni oson ulash mumkin.
* Mahsulotning to'plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling