220 Noutbuklar
HP ENVY x360 15-ed1010ur 2W2C6EA noutbugi
O’zingiz bilan istalgan joyga olishingiz mumkin bo’lgan noutbuk-transformer yordamida harakat vaqtida ijod qiling. 360° ga ochiluvchi halqalar, sensor ekran va qalam yorqin, detallarga to’la ijod bilan shug’ullanish imkonini beradi. Katta sig’imli akkumulyator va qulay funksiyalar bilan siz kun davomida ijod qilishingiz mumkin.
Intel® Core™ kuchli protsessori, uzoq vaqt ishlaydigan akkumulyator, katta sig’imli qattiq diskli xotira va HP Command Center bilan sizning ijodiy imkoniyatlaringiz cheklanmaydi.
Ingichka hoshiyali yuqori aniqlikka ega yorqin ekran ranglar jonli va aniq bo’lishini kafolatlaydi. 360° ga ochiladigan halqalar qurilmadan chizish uchun planshet sifatida foydalanish imkonini beradi.
Sig’imi 512 Gbaytgacha bo’lgan qattiq disk PCIe NVMe™ M.2 xotira tufayli yuklanish bir necha soniyada amalga oshadi.
O’z imkoniyatlaringizga ishonchingiz komil bo’lsin — oddiy Windows OT ning yaxshilangan versiyasidan foydalaning. Oldindan o’rnatilgan dasturlar, masalan Windows Hello va Cortana qurilmadan foydalanishni yanada mahsuldor, xavfsiz va individuallashtiradi.
11-avlod Intel® Core™ protsessorlari siz uchun yangi imkoniyatlarni ochib beruvchi funksiyalarning ideal uyg’unligini taklif qiladi. Yuqori mahsuldorlik, bir onda javob qaytarish va o’z sinfida eng yaxshi ylanish imkoniyatlari tufayli qo’yilgan vazifalarni samarali hal qiling.
Ijod qilish, o’ynash va ko’ngilochar dasturlar uchun ta’sirlantiruvchi mahsuldorlik. Aniq va yorqin vizual effektlarni ta’minlovchi grafika tizimining yangi mahsuldorlik darajasi yengil va ingichka noutbuk qulayliklari bilan uyg’unlashadi.
Istalgan burchakdan tasvirlarning ajoyib tiniqligini baholang. Keng ko’rish burchagi 178° va yuqori o’lchami 1920 x 1080 tufayli ekranda tasvir har qanday tomondan ajoyib ko’rinishda aks etadi.
sRGB rang sohasini 100% qamrab oluvchi ekranda haqiqiy ranglarda o’z ishingizni namoyon qiling, u maksimal aniq rang berilishi bilan farq qiladi.
Quvvatlash haqida qayg’urmasdan kun davomida qurilmadan foydalaning. Akkumulyator siz hech narsada cheklanmasligingiz uchun 10 soat va 30 daqiqagacha avtonom ishlash imkonini beradi.
Endi noutbugingiz bir necha soat zaryad olishini kutishingizga to’g’ri kelmaydi. O’chirilgan qurilmaning akkumulyatorini 0 dan 50% gacha bor yo’g’i 30 daqiqada quvvatlash mumkin.
Gigabit tezliklarda Wi-Fi o’ta tezkor tarmog’i.
Keng ko’rish burchagi (88 darajagacha) tufayli siz tasvirning sifati haqida qayg’urmasdan oilangiz yoki do’stlaringiz bilan videosuhbatlar qurishingiz mumkin.
Ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Gbit/soniyagacha bo’lgan yagona USB-C® porti ham qurilmangizni zaryadlash, ham tashqi monitor ulash imkonini beradi. Port uyani to’g’ri joylashtirish haqida qayg’urmaslik ta’minlanadigan tarzda tuzilgan.
Fayllarni saqlash va sinxronizatsiyalash uchun Dropbox xizmatidan foydalaning. 25 Gbayt internet-ombor oling (1 yil muddatga) va suratlar, musiqa va boshqa fayllarni saqlang, shuningdek Internet mavjud istalgan joyda ular bilan bo’lishing.
Harakatlaringizni hech kim kuzata olmasligi uchun IP-manzilingizni yashiring va tarmoq ma’lumotlarini shifrlang. Hatto jamoat joylarida Wi-Fi tarmog’idan foydalanish vaqtida buzib kirishdan himoya.
Ingichka hoshiyalar tufayli kattalashtirilgan ko’rish sohasi ekranda ko’proq ma’lumot aks ettirish imkonini beradi.
Endi shaxsiy onlaringizni yashirish uchun kamerani qo’l ostingizdagi vositalar bilan yashirish shart emas. Endi sizning maxfiyligingiz va xavfsizligingizni foydalanmayotgan paytingiz ShK ning kamerasini o’chiradigan maxsus pardacha ta’minlaydi.
Qurilmaning istalgan holatida barmoq bilan tegib qurilmangizni blokdan oson oching. Patentlangan barmoq izlarini uch o’lchamli o’qish texnologiyasi ma’lumotlardan xavfsiz foydalanishni kafolatlaydi.
Oson faollashtirish hamda nur-diod indikatori yordamida uning holatini tezda bilish imkonini beruvchi mikrofonni o’chirish uchun maxsus tugmaning yuqori ishonchliligi va qulayligini baholang.
Bang & Olufsen mutaxassislari bilan hamkorlikda sozlangan audiotizim va ikkita HP dinamiklari haqiqiy tovush bilan ta’minlaydi. Siz tovushni shunchaki eshitmaysiz, siz uni his qilasiz.
Baland, to’yingan tovush va shovqinlarsiz sifatli basni ta’minlaydigan yangi avlod HP Audio Boost va SmartAmp texnologiyalari tufayli nafaqat eshitish, balki his qilish mumkin bo’lgan kuchli va sifatli tovush.
Innovatsion dizayni ekranni 360° burish imkonini beradi va qurilmaning to’rt rejimda ishlashini qo’llab-quvvatlaydi. Noutbuk rejimida ishlang, tomosha qilish uchun uni aylantiring, prezentatsiya rejimida o’ynang yoki qurilmadan harakat vaqtida planshet sifatida foydalaning.
Maxfiylik, xavfsizlik va multimedia imkoniyatlarini bir tugmaga bosish orqali nazorat qiling. Barcha tezkor foydalanish tugmalari bir sohaga joylashtirilganligi sababli kerakli tugmani qidirishga chalg’imasdan, ekran bo’ylab oson harakatlanish mumkin.
* Mahsulotning to'plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling