Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

2X0K0EA

2X0K0EA
2X0K0EA
2X0K0EA
2X0K0EA
35
231: HP
  • SKU 4202


















219219

220 Noutbuklar

HP Envy x360 15-ee0017ur 2X0K0EA noutbugi

Hatto yo’lda ham ijod jarayonini to’xtatmang — ushbu noutbuk-transformer aynan siz uchun yaratilgandek. Ekranni 360 darajaga burish imkonini beruvchi halqa hamda bir vaqtning o’zida sensor boshqaruv hamda stilusdan foydalanish imkoniyati tufayli siz eng ta’sirli va aniq asarlarni yaratishingiz mumkin. Uzoq avtonom ishi hamda maxfiylikni himoya qilish funksiyasi tun-u kun ijod erkinligini ta’minlaydi.

Kuchli AMD Ryzen protsessori Radeon Graphics grafik adapteri, uzoq vaqt ishlaydigan akkumulyator, katta sig’imli qattiq diskli xotira va HP Command Center tufayli sizning ijodiy imkoniyatlaringiz cheksiz bo’ladi.

Yuqori aniqlikka ega, ingichka hoshiyali yorqin ekran o’ta aniq tasvir bilan ta’minlaydi. 360 darajaga buriluvchi halqa eng murakkab tasvirlarni ko’rish uchun qulay holatni tanlash imkonini beradi.

Buzish imkonsiz bo’lgan kamera pardachasi hamda mikrofonni o’chirish uchun maxsus tugma yordamida maxfiyligingizni himoya qiling.

Ko’p miqdorda filmlar, suratlar va musiqiy asarlarni saqlash uchun sig’imni oshirish zarur bo’lsa, siz shunchaki tashqi SD yoki Micro SD xotira kartasini qo’yishingiz mumkin. Boshqa hech narsa talab qilinmaydi!

Bu haqiqiy multisensor panel bir tegish bilan sahifalarni varaqlash, kattalashtirish hamda dasturlarni almashtirish uchun to’rtta barmoqlar yordamida ishoralardan foydalanishni qo’llab-quvvatlaydi.

O’z imkoniyatlaringizga ishonchingiz komil bo’lsin — odatiy Windows OT ning yaxshilangan versiyasidan foydalaning. Oldindan o’rnatilgan dasturlar, masalan Windows Hello va Cortana qurilmadan foydalanishni yanada mahsuldor, xavfsiz va individuallashtiradi.

Ultraingichka noutbuklar uchun 4000 seriyali AMD Ryzen™ mobil protsessorlari intensiv ishlash va zamonaviy o’yinlar uchun zarur bo’lgan tez javob qaytarish xususiyati bilan farq qiladi, ko’p yadroli mahsuldorlik hamda har qanday sharoitda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Yuqori mahsuldorlik o’yin va filmlardan maksimal zavq olish imkonini beradi.

Istalgan burchakdan tasvirlarning ajoyib tiniqligini baholang. Keng ko’rish burchagi 178° va yuqori o’lchami 1920 x 1080 tufayli ekranda tasvir har qanday tomondan ajoyib ko’rinishda aks etadi.

Kun davomida zaryad haqida qayg’urmasangiz ham bo’ladi. Akkumulyator siz o’zingizni hech narsada cheklamasligingiz uchun 9 soat va 30 daqiqagacha avtonom ishlash imkonini beradi.

Keng ko’rish burchagi (88 darajagacha) tufayli siz tasvirning sifati haqida qayg’urmasdan oilangiz yoki do’stlaringiz bilan videosuhbatlar qurishingiz mumkin.

Ma’lumotlarni 10 Gbit/s gacha tezlikda berishga qodir bo’lgan yagona USB-C® porti ham qurilmani quvvatlash, ham tashqi monitor ulash imkonini beradi. Port siz uyani to’g’ri joylashganligi haqida qayg’urmasligingiz nazarda tutib tuzilgan.

Fayllarni saqlash va sinxronizatsiyalash uchun Dropbox xizmatidan foydalaning. 25 Gbayt internet-omborga ega bo’ling (1 yil muddatga) va suratlar, musiqa va boshqa fayllarni saqlang, shuningdek Internet mavjud bo’lgan istalgan joyda ular bilan bo’lishing.

Sizning harakatlaringizni hech kim kuzata olmasligi uchun IP-manzilingizni yashiring va tarmoq ma’lumotlarini shifrlang. Hatto jamoat joylarida Wi-Fi tarmog’idan fodalanganda buzib kirishdan himoyalaning.

Operatsiya tizimini himoyalash uchun 30-kunlik bepul obuna bilan McAfee® LiveSafe™ dan foydalaning.

Harakatlanuvchi qismlari (an’anaviy qattiq disklarga xos) bo’lmaganligi tufayli qattiq diskli xotiralar katta samaradorligi, ishonchliligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Endi siz uzoq yuklanish yoki fayllar uzatilishini kutishingizga to’g’ri kelmaydi.

Silliqlangan elementlar, yuqori sifatli va uzoq muddat xizmat qiluvchi materiallar, egikroq dizaynga ega yaxlit metall korpusdan tayyorlangan qurilmaning yuqori sifatini ko’ring va baho bering.

Innovatsion dizayni ekranni 360° burish imkonini beradi va qurilmaning to’rt rejimda ishlashini qo’llab-quvvatlaydi. Noutbuk rejimida ishlang, tomosha qilish uchun uni aylantiring, prezentatsiya rejimida o’ynang yoki qurilmadan harakat vaqtida planshet sifatida foydalaning.

Orqa qismi va yon tomonlari egik dizaynda ishlangan nafis transformatsiyalanuvchi tuzilishi zamonaviy texnologiyalar haqidagi tasavvurlaringizni o’zgartiradi.

Bu chiroyli va samarali dizayn ekranning o’ta ingichka hoshiyalari va noutbukning bir chetidan narigi chetigacha joylashgan klaviaturani o’zida uyg’unlashtiradi, bu ekran va klaviaturaning ish sohalarini maksimal kattalashtiradi.

HP uch kanalli dinamiklari, HP Audio Boost texnologiyalari va Bang & Olufsen mutaxassislari tomonidan sozlangan kuchli audiotizim tufayli siz nafaqat tovushni eshitasiz, balki uni his etasiz. Siz shunchaki tovushni eshitmaysiz, siz uni his etasiz.

Balandroq, to’yingan tovush hamda shovqinsiz guldurlaydigan basni ta’minlovchi yangi avlod HP Audio Boost va SmartAmp texnologiyalari tufayli nafaqat eshitish, balki his qilish mumkin bo’lgan kuchli va baland tovush.

Endi noutbugingiz bir necha soat zaryad olishini kutishingizga to’g’ri kelmaydi. O’chirilgan qurilmaning akkumulyatorini 0 dan 50% gacha bor yo’g’i 30 daqiqada quvvatlash mumkin.

ShK dagi BIOS tizimi ishonchli himoyalanganligiga ishonchingiz komil bo’lsin. HP BIOS Protection texnologiyasi BIOS tizimining ishga yaroqliligini avtomat tarzida tekshirilishi hamda zarurat bo’lganida uning qayta tiklanishini ta’minlaydi.

Bir tugmaga bosish orqali maxfiylik, xavfsizlik va multimedia imkoniyatlarini nazorat qiling. Tezkor boshqaruvning barcha tugmalari bir sohada joylashtirilganligi sababli kerakli klavishani qidirishga chalg’imasdan ekran bo’yicha oson harakatlanish mumkin.

Endi shaxsiy onlaringizni yashirish uchun qo’l osti vositalari bilan kamerani yopish shart emas. Endi sizning maxfiyligingiz va xavfsizligingizni siz foydalanmayotgan paytingiz ShK kamerasini o’chiradigan maxsus pardacha ta’minlaydi.

Ushbu stilus chizish va qo’lda yozish vaqtida qulaylikni oshirgan holda, ravon va aniq yozuvni ta’minlaydi. Sensor panelning tasodifan ishga tushishining oldini oluvchi funksiya zarur bo’lmagan harakatlarni istisno qiladi va yozish vaqtini qisqartiradi.

Raqamli qalam va Windows Ink platformasi yordamida siz istalgan yozuvlar, g’oyalar va suratlarni raqamli sohaga oson ko’chira olasiz. Siz Office dasturlarida qiyinchiliklarsiz o’zgartirishlar kiritish yoki ochiq dastur oynalari ustida chizingiz mumkin.

* Mahsulotning to'plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»