Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

2X2R5EA

2X2R5EA
2X2R5EA
2X2R5EA
2X2R5EA
2X2R5EA
2X2R5EA
2X2R5EA
2X2R5EA
35
231:
  • SKU 4190


















219219

220 Noutbuklar

HP Pavilion x360 14-dw1009ur  2X2R5EA noutbugi

Ijod erkinligi, ulanish va kontent almashishning keng imkoniyatlari — ushbu kuchli noutbuk-transformer aynan siz uchun yaratilgandek. Ideal holatni toping — va translyatsiyalar olib borish, chatda muloqot qilish yoki oldingizga qo’yilgan vazifalarni bajarish ancha qulay bo’ladi. Akkumulyatordan uzoq ishlash imkoniyati tufayli siz istalgan joyga joylashishingiz mumkin, 360 darajaga buriluvchi sharnir esa noutbukka qulay shakl berish imkonini beradi.

Ushbu noutbuk keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Yuqori mahsuldorlikka ega Intel® protsessori va ilg’or texnologiyalar qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun ko’p vazifalar rejimida yuqori tezlikni ta’minlaydi.

Istalgan vazifalarni bajaring. Simsiz aloqaning takomillashtirilgan texnologiyasi, akkumulyatordan uzoq vaqt ishlash imkoniyati hamda HP Fast Charge tezkor quvvatlash funksiyasi tufayli siz eng murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli bajara olasiz.

Uch tomondan o’ta ingichka hoshiyalarga ega bo’lgan hamda har bir detalni o’ta aniqlikda berilishini ta’minlaydigan o’lchamdagi ekranda sizning surat va videolaringiz juda jozibali ko’rinishda aks etadi. Tepaga yo’naltirilgan ikkita dinamiklar, HP Audio Boost texnologiyasi hamda B&O mutaxassislari tomonidan sozlangan audiotizim tufayli to’yingan va haqiqatga yaqin tovushlarni baholang.

Qurilmadan hatto yorug’lik yetishmaydigan xonalarda yoki tungi aviaparvozlar vaqtida foydalaning. Klaviaturani yoritish funksiyasi va ichki o’rnatilgan raqamli panel har qanday sharoitda qulay matn terish imkonini beradi.

O’z imkoniyatlaringizga ishonch bildiring — odatiy Windows OT ning yaxshilangan versiyasidan foydalaning. Oldindan o’rnatilgan dasturlar, masalan Windows Hello va Cortana qurilmadan foydalanishni yanada mahsuldir, xavfsiz va individuallashtiradi.

11-avlod Intel® Core™ protsessorlari siz uchun yangi imkoniyatlarni ochuvchi funksiyalarning ideal uyg’unligini taklif qiladi. Yuqori mahsuldorlik, bir onda javob qaytarishi hamda o’z sinfida eng yaxshi ulanish imkoniyatlari tufayli qo’yilgan vazifalarni samarali bajaring.

Ijod, o’yinlar va ko’ngilochar dasturlar uchun ta’sirlantiruvchi mahsuldorlik. Aniq va yorqin vizual effektlarni ta’minlovchi grafika tizimi mahsuldorligining yangi darajasi ingichka va yengil noutbukning qulayligi bilan uyg’unlashadi.

Keng ko’rish burchagi 178° hamda yorqin ranglar tufayli ekrandagi tasvir har qanday tomondan ajoyib ko’rinish kasb etadi. ShK ni boshqarish uchun sensor ekranning imkoniyatlaridan foydalaning.

Endi noutbugingiz bir necha soat zaryad olishini kutishingizga to’g’ri kelmaydi. O’chirilgan qurilmaning akkumulyatorini 0 dan 50% gacha bor yo’g’i 45 daqiqada quvvatlash mumkin.

Sig’imi 512 Gbayt bo’lgan PCIe qattiq diskli tezkor xotira tufayli bir necha soniyada yuklanadi.

Wi-Fi hamda Bluetooth® ni qo’llab-quvvatlovchi qo’shimcha modullar tufayli doimo aloqada bo’ling.

DDR4 xotira — bu TX (OZU) ning kelajagi. U yuqori mahsuldorligi, ishonchliligi va ishlash tezligi bilan farq qiladi. Kengatirilgan o’tkazish yo’laklari ko’p vazifali rejimda samarali ishlash hamda kompyuter o’yinlarini qayta ishlashning yuqori tezligi uchun barcha jarayonlar mahsuldorligini oshiradi.

Har qanday rejimda ishlaganda bir barmoq tekkizish orqali qurilmani blokdan oson chiqaring. Patentlangan barmoq izlarini uch o’lchamli o’qish texnologiyasi elektron to’lovlar va ma’lumotlardan foydalanish xavfsizligini kafolatlaydi.

Ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Gbit/soniyagacha bo’lgan yagona USB-C® porti ham qurilmangizni quvvatlash, ham tashqi monitor ulash imkonini beradi. Port uyani to’g’ri joylashtirish haqida qayg’urmaslik ta’minlanadigan tarzda tuzilgan.

Keng ko’rish burchagi (88 darajagacha) tufayli siz butun oilangiz yoki do’stlaringiz bilan, tasvirning sifati haqida qayg’urmasdan videosuhbatlar qurishingiz mumkin.9

Bu haqiqatdan ham multisensor panel bir tegish orqali sahifalarni varaqlash, kattalashtirish hamda dasturlarni almashtirish uchun to’rtta barmoq yordamida bajariladigan ishoralarni qo’llab-quvvatlaydi.

Ingichka hoshiyalar tufayli kattalashtirilgan ko’rish sohasi ekranda ko’proq ma’lumot aks ettirish imkonini beradi.

Ikkita HP dinamiklari, HP Audio Boost texnologiyasi hamda B&O mutaxassislari tomonidan sozlangan audiotizim o’ta to’yingan va haqiqatga yaqin tovushni ta’minlaydi. Sevimli musiqangiz ritmida yashang.

Innovatsiyali dizayni ekranni 360° ga burish imkonini beradi va qurilmaning to’rtta rejimda ishlashini qo’llab-quvvatlaydi. Noutbuk rejimida ishlang, uni tomosha qilish uchun buring, prezentatsiya rejimida o’ynang yoki undan harakat vaqtida planshet ko’rinishida foydalaning.

* Mahsulotning to'plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»