220 Noutbuklar
Lenovo V14-ADA 82C6008KKR noutbugi
Ushbu nafis noutbukning po’lat kulrangli zamonaviy dizayni unga ajoyib tashqi ko’rinish beradi, undan oladigan taassurot naqshli chiziqlar bilan IMR (in-mold rolling) texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqilgan bezaklar tufayli kuchayadi. Qurilmaning ingichka korpusi sayohatlar uchun juda qulay. FHD (1920 x 1080) standartidagi 14-dyuymli displey ranglarning fantastik yorqinligi hamda video, tasvir va matnning aniqligini ta’minlaydi. Uning barcha ustun jihatlari ingichka hoshiyalari tufayli yanada ko’zga tashlanadi.
Maksimal ishonchli
Favqulodda holatlarda ishonchlilik va mustahkamlikka testlar seriyasi o’tkazilgan: zarbalarga chidamlilik sinovi, vibratsiyaga bardoshlilik, klaviaturaning ishga qodirligi, halqalarning chidamliligi, ventilyatorning ishonchliligi, panelning qirilishlardan himoyalanganligi, harorat o’zgarishi hamda bosim ortishidan himoya. Ushbu noutbuk biznesingiz duch keladigan har qanday sharoitlarda ishlashga tayyor.