220 Mini pechlar
Mini pech umumiy quvvati 1400 Vt bo'lgan ikkita qizdirish elementi bilan jihozlangan ixcham model. Uning yordamida to'laqonli tushli yoki kechki ovqatni tez pishirishingiz, shuningdek go'sht yoki tovuqni tayyorlashingiz mumkin. Ishchi kameraning hajmi 32 litr bo'lib, bu butun oilangiz va mehmonlarni to'yimli taomlar bilan siylash uchun yetarli. Barcha rejimlarning boshqaruvi qurilmaning old panelida joylashgan mexanik o'zgartirgichlar vositasida amalga oshiriladi. Mazkur modelning tuzilishida shuningdek termostat ko'zda tutilgan, u issiqlikni ravon taqsimlaydi. Buning ustiga, pechning ichki kamerasi qirilishlarga chidamli bo'lgan maxsus qoplamaga ega.
*Mahsulotning to’plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling.