220 Sovutgichlar
Ikki kamerali sovutgich mahsulotlaringizni uzoq vaqt yangi holda saqlaydi. Uning umumiy hajmi bir necha haftalik mahsulotlarni oldindan zaxiralashingiz uchun yetarli. Barcha harorat rejimlari mexanik o'tkazgichlar yordamida boshqariladi. Uning sovutish kamerasida 3 ta tokcha hamda barra sabzavot va mevalarni saqlash qutisi mavjud. Tokchalar mustahkam toblangan shishadan yasalgan bo‘lib, og‘ir mahsulotlarni ham ko‘tara oladi. Sovutish kamerasi quvvati 10 Vt. bo‘lgan ichki chiroq bilan yoritiladi. Muzdan tushirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi va siz sovutgichni muzdan tushirishingiz shart emas. Muzlatish bo‘limi ham foydalanish uchun juda qulay va ancha keng. Kameradagi eng past harorat -18 ℃ ni tashkil qilib, bu go‘shtdan boshlab mavsumiy mevalargacha bo‘lgan mahsulotlarni yuqori sifatli muzlatish imkonini beradi. Ushbu model ikkala kamerada ham Defrost zamonaviy muzdan tushirish tizimi bilan jihozlangan. Bu butun kamera bo‘ylab sovuq havoning aylanishini ta’minlaydi. Shuningdek, sovutgich shovqin jihatidan noqulaylik tug‘dirmaydi, uning shovqin darajasi 42 dB ni tashkil qiladi.
*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.