Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

EW6S3R07SI

EW6S3R07SI
EW6S3R07SI
35


















  • SKU 3650

Electrolux kir yuvish mashinasi  EW6S3R07SI

Old tomondan yuklanadigan zamonaviy avtomatik model. Ishlab chiquvchilar unda 14 xil ish dasturlarini joriy etganlar, jumladan, nozik matolar, bolalar kiyimlarini yuvish, dog‘larni ketkazish, shuningdek, bug‘ berish. Jinsilar uchun matoning rangi, guli va dastlabki tuzilishini saqlaydigan maxsus rejim mavjud. Kichkina raqamli LED displey tanlangan avtomat rejimni yoritadi, shuningdek, uning yakunigacha qolgan vaqtni ham ko‘rsatadi. Zarur hollarda, siz yuvish jarayonining boshlanishini 20 soatgacha kechiktirishingiz mumkin. «Anti-allergiya » funksiyasi yuqori darajadagi tozalik va gigienani ta'minlab, bakteriyalar va allergenlarni matolardan samarali ravishda ketkazadi.

 

Ushbu modelning barabani 7 kg gacha quruq kirni sig‘dira oladi va bu ko‘rsatkich 4-5 kishilik kichik oila uchun butkul yetarli bo‘ladi. Uning siqish paytidagi maksimal aylanish tezligi 1000 ayl./daq. Eshik narsalarni osongina yuklash uchun yetarlicha keng ochiladi va shaffof shishali oyna orqali siz ichki jarayonni kuzatishingiz mumkin. Ushbu model energiya samaradorligining yuqori A +++ sinfiga kiradi, har bir to‘liq siklda u yuvish uchun 0,12 kVt / kg elektr energiyasi va 51 litr suv sarf qiladi. Innovatsion motordan foydalanish hisobiga shovqin darajasi yuvish vaqtida 54 dB va siqish paytida esa 76 dB gacha tushirildi. Bundan tashqari, maksimal xavfsizlikka erishish uchun tomchilashdan himoya, bolalardan himoya, muvozanatni va ko‘pik darajasini nazorat qilish tizimlari joriy etilgan, bu foydalanish qulayligini sezilarli darajada oshiradi.

 

*Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.

    13

    105




































      15

      2024 © «idea.uz - интернет-магазин»