220 Sovutgichlar
Sovutgich — o‘zida ergonomik tuzilish va jozibali dizaynni uyg‘unlashtiradi. Qat’iy chiziqlar, minimalistik bezash uslubi, korpus ichiga kirib turuvchi chiroyli tutqichlar va universal rang modelni har qanday interyer bilan uyg‘un birlashtirish imkonini beradi. Ikki kamerali model keng sig‘imga ega.
Yuqori bo‘lmada sabzavot va mevalarni ikkita shaffof tortmaga joylashtirish mumkin. Zarba va tirnalishlarga chidamli mustahkam shishadan yasalgan to‘rtta tokchaning chetida plastik cheklagichlar mavjud. Shunga ko‘ra tasodifan to‘kilgan suyuqlik pastki tokchalarga oqmaydi. Eshik yuqorisida ichimliklar va tuxumlarni qulay saqlashga mo‘ljallangan to‘rtta tokcha mavjud. Muzlatish kamerasida old tomoni shaffof bo‘lgan uchta katta tortma mavjud. Bu kerakli mahsulotni tez topish imkonini beradi. To‘plamga muz qolipi ham kiritilgan. Ikkala bo‘lma ham avtomatik ravishda muzdan tushiriladi. Energiya ta’minoti to‘satdan uzilganda, past harorat avtonom tarzda 13 soat davomida saqlanadi. Sovutgich A tejamkor energiya sarfi sinfiga kiradi, bu esa elektr haqi xarajatlarini ancha kamaytirish imkonini beradi.
*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.