SHIVAKI HD-341FN Tutqich bilan Oq Sovutgichi
O‘zining ixcham o‘lchamlari tufayli sovutgich hatto kichik oshxonaga ham sig‘adi. Uning umumiy foydali hajmi 262 litr bo‘lib, shundan 207 litri – sovutish kamerasining hajmiga va 55 litri – muzxonaning hajmiga tegishli. Ishlab chiquvchilar ushbu modelda Embraco kompressoridan foydalanganlar, shuning uchun u yiliga 241 kVt dan ko‘p bo‘lmagan elektr energiyasini iste’mol qiladi. Ushbu ko‘rsatkich A+ energiya samaradorligi sinfiga to‘g‘ri keladi, va natijada siz ko‘p pul tejaysiz. Shu bilan birga, sovutgichning shovqin darajasi 42 dB gacha kamaytirilgan bo‘lib, uning ishlashi deyarli eshitilmaydi. Ushbu modelning sovutish bo‘limida tomchilatib muzdan tushirish tizimi qo‘llanadi. Shuning uchun uni qo‘lda muzdan tushirishingiz shart emas, maxsus idishdagi suvni vaqtida to‘kib turish yetarli. Bundan tashqari, siz qulay mexanik o'tkazgich yordamida haroratni aniq sozlashingiz mumkin. Sovutgichdagi tokchalar mustahkam toblangan shishadan yasalgan. Shuningdek sovutish bo‘limining pastki qismida yangi sabzavot va mevalarni saqlash uchun maxsus quti ham mavjud.
*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.