Samsung VC20M255AWB changyutgichi
Uyda olib yurish oson bo‘lgan kuchli changyutgichga ega bo‘lishni xohlaysizmi? Bu talablarning barchasiga chang to`plash qopiga ega yengil va ko`chma changyutgich javob beradi. Yuqori tortish quvvati gilam va qattiq yuzalar yaxshilab tozalanishini ta'minlaydi. Filtrning to‘lib qolganligini tutqichdagi joylashuvi tufayli tekshirish oson. Tozalash uchun zarur bo`lgan yagona narsa markaziy sterjen va ichidagilarni to‘kishdir. Qo‘llaringiz tozaligicha qoladi. Ergonomik, sirpanmaydigan Easy Grip* tutqichi qulay va oddiy foydalanishni ta'minlaydi. Yaxshi o`ylangan aylanadigan tuzilma shlangning buklanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Endi siz qo‘shimcha kuch sarflamasdan changlarni tortishingiz mumkin. Oson olinadigan "2-tasi-1da" aksessuari korpusdagi tutqich ostida joylashgan. Mebelni yoki tor, yetish qiyin bo‘lgan joylarni tozalamoqchi bo`lganingizda uni olish va ishlatish qulay. Filtrlashning antiallergen texnologiyasi (Advanced Allergen Filtration) yordamida uyingiz atmosferasida mayda chang va allergenlar minimal darajada qoladi. Agar chang to`plovchi o‘rnatilmagan bo‘lsa, maxsus qulf qopqoqni yopishga imkon bermaydi. Shlangni 360 gradusga aylantirish mumkin, shu bois u harakatlanayotganda qayrilib ketmaydi. Har qanday yo‘nalishda osongina va qiyinchiliksiz harakatlaning. Katta rezina g‘ildiraklar changyutgichni polni qirmasdan uy bo`ylab harakatlantirishga imkon beradi.
*Mahsulotning rangi va to`plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.