220 Smartfonlar
Smartfonga IPS-matritsa o‘rnatilgan. Ekran diagonali 6,6 dyuym, foydalanish mumkin bo‘lgan ekran maydoni taxminan 91,2% ni tashkil qiladi. O‘lchami 2340x1080 piksel, piksel zichligi 390pd. Ekran tomonlarining nisbati 19,5:9. Yorqinligi 470 nit. 5 marta teginishda multitach. Smartfon ekrani OGS texnologiyasi yordamida ishlab chiqarilgan. Ushbu texnologiya shisha va sensorli qatlam o‘rtasida havo bo‘shlig’I bo‘lmasligini nazarda tutadi. Oleofob qoplam mavjud. Matritsaning yoritgichining bir xilligi juda yaxshi. Smartfonda 4 ta asosiy kamera mavjud. Asosiy modul 48MP, AF, F/1.8. Ikkinchi kamera keng burchakli 5MP, AF, ko‘rish burchagi 115 daraja. Uchinchi modul boke uchun 2MP. To‘rtinchi qo‘shimcha modul tungi suratga olish uchun. Albatta, suratga olish vaqtida kadrni optimallashtirish uchun AI tizimi mavjud. Dastlabki sozlashga ko‘ra kamera AI rejimida ishlaydi va uni o‘chirib bo‘lmaydi. Tasvir olishda ishlatish uchun turli xil «byutifikatorlar» va AR effektlari mavjud. . 5000 mA/soat sig’imli batareya ham ish vazifalari, ham ko‘ngil ochish uchun yetarli bo‘ladi. U bilan siz doimo aloqada bo‘lishingiz mumkin. OTG (On-The-Go) texnologiyasi esa do‘stingizning istalgan gadjeti yoki smartfonini muammosiz quvvatlantirishga yordam beradi.
*Maslahatchidan tovarning rangi va to‘plam tarkibini aniqlashtiring.