220 Sovutgichlar
Sovutgichning umumiy foydali hajmi 305 litrni tashkil qiladi. Shundan 245 litri sovutish bo‘limining hajmiga, 60 litri esa – muzxonaning hajmiga to‘g‘ri keladi. Ushbu model A+ yuqori energiya samaradorligi sinfiga mos keladi va yiliga 262 kVt/soatdan ko‘p bo‘lmagan elektr energiyasini iste’mol qiladi. Shu bilan birga, shovqin darajasi 42 dB dan oshmaydi, shuning uchun uning ishlashi deyarli eshitilmaydi. Sovutgichning ichki qismida joylashgan qulay elektron boshqaruv paneli yordamida optimal harorat parametrlarini o‘rnatishingiz mumkin. Sovutgich Embraco kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yuqori ishonchli innovatsion kompressor bilan jihozlangan. Ushbu model ichidagi toblangan shishadan tayyorlangan yuqori mustahkam tokchalar katta og‘irlikdagi mahsulotlarni ko‘tara oladi. Yorug‘lik diodli LED yoritgichi yordamida qorong‘uda tokchadagi kerakli mahsulotlarni tez va oson topishingiz mumkin. Ishonchli R 600A sovutish agenti esa energiya samarador va tejamkor bo‘lib, atrof-muhit uchun mutlaqo zararsiz va ozon qatlamiga hech qanday zarar yetkazmaydi. Sovutgich ichidagi optimal namlikning doimiy ravishda ushlab turilishi sababli mahsulotlaringiz uzoq vaqt davomida o‘z yangiligini saqlaydi.
*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.