Bosch MUM48R1 Oshxona Kombayni
- Ko`pirtirish va hamir qorish uchun mo`ljallangan katta idishga (idish hajmi: 3,9litr; hamir sig`imi 2,0 kg) ega qulay va universal kombayn. Pazandalik to`plami (hamir qorish, ko`pirtirish va aralashtirish uchun nozillar) va 3 xil diskga ega maydalagich bilan jixozlangani uchun ushbu kombayn turli xil vazifalarni bajarishga qodir. MultiMotion motori, 3-D dinamik aylanish sistemasi yordamida masalliqlarni ideal aralashtirib va tayyorlab beradi. Hohishingizga qarab ushbu kombayn uchun qo`shimcha nozil va asboblarni xarid qilishingiz va o`rnatishingiz mumkin, masalan, muzqaymoq tayyorlagich, kofe maydalagich, universal mikser, go`sht maydalagich va boshqalar. Oddiy va ishonchli ishlash (Bosch texnologiyasi), oson yuvish (kombayn jixozlarini idish yuvish mashinasida yuvish mumkin).B darajalik energiya samaradorligi, yuqori bo`lgan kuchli va tejamkor motor sizga turli xil taomlarni tayyorlashga yordam beradi.
*Mahsulot rangi va to`plami haqidagi ma`lumotni konsultantlardan so`rang.