220 Smartfonlar
Ko‘plab xaridorlarga yoqadigan qurilma. Qurilma yoqimli tashqi dizaynga, ajoyib xususiyatlarga, qo‘lda yaxshi turishini ta'minlovchi puxta o‘ylangan tuzilishga ega. Qurilmaning korpusi shisha va metalldan qilingan. Smartfon Android 9.0 Pie operatsion tizimida ishlaydi. Bundan tashqari, OT tashqarisi EMUI qobig’i joylashgan. U noyob dizayn va juda ko‘p foydali funksiyalarga ega. Akkumulyator sig’imi – 4000 mA/soat. Batareya qurilmaning yuqori darajadagi avtonomligini kafolatlaydi, shuningdek ishlab chiqaruvchi quvvat sarfini ham optimallashtirgan. Qurilma hozirda keng tarqalgan USB Type-C ulagichi orqali quvvatlanadi. Afzalligi sifatida ulagichni qurilmaga istalgan yo‘nalishda ulash imkoniyatini ko‘rsatish mumkin.Displey katta, uning diagonali – 6,59 dyuym. Ramkasiz ekran raqamli kontentni bemalol “iste'mol qilish” imkonini beradi. Displeyda old kamera uchun teshiklar yo‘qligiga e'tibor bering. U yuqoridan chiqadi, ishlab chiqaruvchi juda uzoq vaqt davomida xizmat qiladigan ishonchli mexanizmdan foydalanadi.
*Maslahatchidan tovarning rangini va to‘plam tarkibi aniqlashtiring.