Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

SAMSUNG RT 53 K 6530 SL WT Sovutgichi

RT53K6530SL/WT
RT53K6530SL/WT
RT53K6530SL/WT
RT53K6530SL/WT
35
231: Samsung


















  • SKU 717

SAMSUNG RT 53 K 6530 SL WT Sovutgichi

Faqat Twin Cooling Plus tizimi™ atigi 30% namlikni ta’minlaydigan an’anaviy TMFdan farqli o‘laroq, sovutgichda yangi mahsulotlarni saqlash uchun 70% namlik darajasidagi qulay muhit yaratadi. Shunday qilib, bu texnologiya mahsulotlarni quritmasdan, ularning yangiligini uzoqroq saqlash imkonini beradi.

Twin Cooling Plus tizimi™ sovutgich kameralarini bir-biridan alohida sovutadi, shu sababli sovutish kamerasidan muzlatish kamerasiga noxush hidlar o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada muzlatilgan mahsulotlarning tabiiy hidi yaxshiroq saqlanadi.

Mahsulotlarni saqlashda mislsiz moslashuvchanlik. Muzlatish kamerasini osongina sovutish kamerasiga aylantirib, turli fasllarda yoki maxsus holatlar uchun saqlanishi kerak bo‘lgan har qanday oziq-ovqatning yangiligini saqlang. Yoki elektr energiyani tejash uchun «o‘chirish rejimiga»* o‘ting, bu spesifikatsiyaga bog‘liq.

Mahsulotlarni tez muzlatish yoki sovutish uchun sovuq havoni tez yetkazib beradi. Power Cool funksiyasi yegulik va ichimliklarni tez sovutishi uchun kerakli tugmani bir martagina bosish kifoya. Power Freeze funksiyasi esa muzlatish yoki muzlatilgan mahsulotlarning qattiq holatini saqlash, hamda muz tayyorlash uchun a’lo darajada qo‘l keladi.

Sovutgichdan mahsulotlarni chiqarib olish — har doim qator to‘siqlardan o‘tishni anglatadi. Easy Slide tokchasi joydan samarali foydalangan holda mahsulotlarni saqlash imkonini beradi, hamda — ular sovutgichning orqa tomonida yoki burchaklarida turganiga qaramay ularni chiqarib olishni osonlashtiradi.

Raqamli invertor texnologiyasi barcha 7 ta sovutish darajasida kompressor tezligini avtomatik ravishda sozlaydi. Ushbu texnologiyadan foydalanish tufayli kompressor kamroq energiya iste’mol qiladi, ish paytida kamroq shovqin chiqaradi va kamroq eskiradi — bularning barchasi uning xizmat muddatini uzaytirishga yordam beradi.

Anti-Bacterial Protector yechimi sovutish kamerasining toza va gigiyenik holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Havo aktivlashtirilgan ko‘mir filtridan o‘tadi, natijada havo doimiy ravishda sterilizatsiya qilinadi va noxush hidlardan tozalanadi, antibakterial to‘r esa mikroblarni yo‘q qiladi.

Yuqori unumli yorug‘lik diodli chiroqlar standart yoritishga qaraganda ancha chiroyli ko‘rinishidan tashqari ko‘p elektr energiyani tejash imkonini beradi. Ular sovutgichning yuqori qismida va devorlarida joylashgan bo‘lib, uning ichida yoqimli va yorqin yorug‘lik yaratadi va har bir burchakni mukammal yoritadi.

 

*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.

    13

    105




































      15

      2025 © «idea.uz - интернет-магазин»