Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

SAMSUNG RS 52 N 3203 SA WT Sovutgichi

RS52N3203SA/WT
RS52N3203SA/WT
RS52N3203SA/WT
RS52N3203SA/WT
35
231: Samsung
  • SKU 712


















SAMSUNG RS 52 N 3203 SA WT Sovutgichi

Minimalistik dizayn

Uyingizga minimalizm tusi bilan zamonaviy uslubdagi ko‘rinish bering. Minimalizm uslubidagi dizayn – bu yangi va zamonaviy tashqi ko‘rinishdir. Sovutgich oshxonangizning ichki ko‘rinishiga uyg‘un tarzda qo‘shiladi. Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan xushbichim qoplama va chiroyli yassi eshiklar. Vertikal joylashtirilgan tutqichlar dizaynning xushbichim simmetriyasiga urg‘u beradi.

Kamroq shovqin, pastroq energiya iste’moli

Raqamli invertor texnologiyasi

Siz kamaygan energiya iste’moli, pasaygan shovqin darajasi va katta imkoniyatlarni munosib baholaysiz. Mantiqiy invertorli kompressor avtomatik ravishda kerakli sovutish darajasiga muvofiq 7 ta tezlikdan birini tanlaydi. Natijada, sovutgich energiyani tejab sarflaydi va shovqinsiz ishlaydi. Invertorli kompressor o‘ta yuqori chidamlilik bilan ajralib turadi, shuning uchun uning kafolat muddati 10 yilni tashkil qiladi*.

Muz qatqalog‘isiz yangilik

Muz qatqalog‘idan himoya

Mahsulotlarning yangiligini bulduruqsiz uzoqroq vaqt saqlang. No Frost texnologiyasi sovuq havoning tez aylanishi tufayli ishchi kamerada optimal haroratni saqlab turadi. Bu mahsulotlarda muz hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va ularning yangiligini uzoqroq saqlaydi. Nihoyat, sovutgichingizni vaqti-vaqti bilan muzdan tushirishingiz shart emas.

Har bir burchakda sovutish

Ko‘p oqimli sovutish tizimi

Sovutgichdagi mahsulotlar samarali sovutiladi va yangi bo‘lib turadi. All-around Cooling texnologiyasi ishchi kameraning hamma joyini bir tekisda sovutish imkonini beradi. Sovutilgan havo har bir tokchaga ochilgan bir nechta shamollatish teshiklari orqali o‘tib, sovutgichda doimiy harorat ushlab turiladi va oziq-ovqat mahsulotlari doim yangi bo‘lib turadi.

Kuchli muzlatish

Power Freeze kuchli muzlatish funksiyasi

Mahsulotlarni tez muzlating yoki muzqaymoq tayyorlang! Kuchli muzlatish (Power Freeze) tugmasini bir marta bosish bilan muzlatish kamerasining harorati tezda minimal haroratga o‘tadi va kamerada kuchli sovuq havo oqimi hosil bo‘ladi. Power Freeze rejimi muzqaymoqni muzlatish yoki tezda muz tayyorlash uchun a’lo darajada mos keladi.

Ko‘proq saqlang, tezroq toping

Dairy Guard sut mahsulotlarini saqlash tokchasi

Sut mahsulotlari va vinoni tartibli joylashtirib, saqlang. Dairy Guard/Wine Rack qo‘shimcha tokchasi sevimli yogurt yoki qaymoqlaringizni saqlash uchun maxsus mo‘ljallangan. Bu yerda shuningdek vino butilkalarini dumalamaydigan holatda saqlashingiz mumkin. Siz mavjud joylardan unumli foydalanib, o‘zingizga kerakli narsalarni osongina olishingiz mumkin.

 

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»