LG GC-B459SECL Sovutgichi
Pastki muzlatish kamerasi bilan yangi sovutgich – xushbichim korpusdagi funksionallik va uslub timsolidir. Minimalistik dizayn nafislik va qulaylikni maksimallashtiradi.
LG Total No Frost texnologiyasiga ega sovutgichlarda sovuq havo majburiy purkalishi tufayli muzlatish kamerasini muzdan tushirish zarurati yo‘qoladi.
Ko‘p oqimli sovutish tizimi Multi Air Flow sovutgichning hatto yuqori tokchalarida ham mahsulotlarning yangiligini uzoqroq saqlash uchun sovuq havoni tekis taqsimlaydi.
Sovutgichning yuqori qismidagi sovuq havo paneli 32% tezroq va bir tekis sovutishni ta’minlab, mahsulotlaringizning yangiligi uzoqroq saqlanishiga xizmat qiladi.
Yangi LG DoorCooling+ sovutgichlaridagi shovqin darajasi 36 dB bo‘lib, bu
avvalgi modellarga qaraganda 25% pastdir. Shovqinsiz va ishonchli ishlashi sababli uydagi tinchligingizni buzmaydi.
Aqlli invertorli kompressor an’anaviy kompressorli modellarga qaraganda tejamkor va pastroq shovqin chiqaradi.
Nol darajadagi tirqish bilan LG sovutgichini devorga juda yaqin joylashtirish va eshikni 90° ochish mumkin. Natijada tortmalar oson chiqariladi.
*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.