Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

Artel ART HD341FN sovutgichi

ART HD-341 FN Oq (262L)
ART HD-341 FN Oq (262L)
ART HD-341 FN Oq (262L)
ART HD-341 FN Oq (262L)
35
231: Artel
  • SKU 432


















Zamonaviy va ergonomik dizayn

Artel ART HD341FN sovutgichi har qanday oshxonaning so‘zsiz bezagiga aylanadi, ergonomik va zamonaviy dizayni tufayli uni xonangizning istalgan interyeriga moslashtirish mumkin. Shuningdek, sovutgichda zamburug‘ yoki noxush hid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan antibakterial qoplama mavjud.

Yuqori darajada elektr energiyani tejash

Artel ART HD341 FN A+ sinfidagi sovutgich bo‘lib, avvalgi versiyalarga nisbatan elektr energiyani yuqori darajada tejaydi.

Foydalanish qulayligi

Zamonaviy Artel sovutgichining egasiga aylanib, siz zerikarli muzdan tushirish jarayoni bilan ortiq shug‘ullanmaysiz, chunki qurilmada No Frost avtomatik muzdan tushirish texnologiyasi qo‘llangan.

Artel ART HD341FN – sovutish kamerasini tomchilab muzdan tushirish tizimi bilan jihozlangan ikki kamerali sovutgich. Shu sababli, sovutgichni doimiy ravishda qo‘lda muzdan tushirishingiz shart emas, maxsus idishdagi suvni vaqtida to‘kib turish kifoya. Ushbu modeldagi muzlatish kamerasining hajmi 55 litrga, sovutish kamerasining hajmi – 207 litrga teng. Umumiy hajmi 262 litrni tashkil qiladi. Bu hajm bir haftalik oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun yetarli bo‘lib, shunga ko‘ra do‘konga qatnovlar sonini kamaytiradi.

Bundan tashqari, ushbu model Embraco kompaniyasida ishlab chiqilgan innovatsion kompressor bilan jihozlangan. Ushbu yechim tufayli ushbu modeldagi energiya iste’moli darajasi yiliga 235 kVtgacha kamaygan. Bundan tashqari, bu ko‘rsatkich A+ energiya iste’moli sinfiga mos keladi. Boshqarish qulay mexanik o'tkazgichlar yordamida amalga oshiriladi. Sovutish bo‘limidagi tokchalar mustahkam toblangan, tirnalishga chidamli shishadan yasalgan. Yangi sabzavot va mevalarni saqlash uchun ikkita maxsus quti ham mavjud.

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»