Samsung RT32FAJBDSA/WW sovutgichi – yuqori muzlatish kamerasi bilan xushbichim model. Digital Inverter texnologiyasidan foydalanish tufayli ish paytida chiqadigan shovqin eng past darajagacha kamaytiriladi. U yuqori energiya samaradorligi sinfiga kiradi va kuniga 0,74 kVt dan ko‘p bo‘lmagan elektr energiyasini iste’mol qiladi. Multi Flow sovutish tizimi ikkala kamerada ham havo aylanish jarayonini optimallashtirib, devorlarda muz va qirov hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va mahsulotlarning yangiligini saqlab turadi. Shuningdek, ishlab chiquvchilar sovutgichda No Frost avtomatik muzdan tushirish texnologiyasini qo‘llaganlar. Uning umumiy hajmi 322 litrni, shundan 255 litri – sovutish kamerasining hajmiga va 67 litri – muzxonaning hajmiga tegishli. Bu ko‘rsatkich 3-4 kishilik oila uchun bir oylik oziq-ovqat zaxirasini saqlash uchun yetarli. Bundan tashqari, sovutish kamerasida toblangan shishadan yasalgan 2 ta tokcha, meva va sabzavotlar uchun katta savat, shuningdek eshikka o‘rnatilgan 2 ta katta tokchalar mavjud.
Samsung Digital Inverter motoriga 20 yillik kafolat beradi.