220 Smartfonlar
KUCHLI
Bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovalarni ishga tushiring va ekraningizni ikkiga bo‘ling – Smartfon ko‘p vazifali rejimda barqaror ishlaydi. Qotishlarsiz o‘ynang – Qualcomm Snapdragon 665 protsessori yuqori FPS olish imkonini beradi.
KREATIV
48 MPgacha o‘lchamli tiniq suratlarni oling. Sifatli tungi suratlarni oling: yorug’lik kam bo‘lganda smartfon to‘rt pikselni birlashtirib, kontrastni keskin oshiradi va to‘sqinliklarni kamaytiradi. Qo‘shimcha obyektivlar yordamida keng burchakli panoramalar, boke portretlar va makro suratlar oling.
CHIDAMLI
Qurilmangizdan kun bo‘yi foydalaning – 4000 mA/soat quvvatga ega akkumulyator 21 soat suhbatlashish, 12 soat video tomosha qilish yoki 5 soat o‘yin o‘ynash uchun yetarli quvvatni ta’minlaydi. U atigi 30–35 daqiqada 50%ga quvvatlanadi.
QULAY
Xaridlaringiz uchun bir qo‘l harakati bilan to‘lang: smartfon NFC moduli bilan jihozlangan. O‘rnatilgan infraqizil port yordamida konditsionerlar, televizorlar, proyektorlar va boshqa maishiy texnikalarni boshqaring.
ZAMONAVIY VA ISHONCHLI
Orqa panel uch katta hajmli gradient naqsh bilan bezatilgan bo‘lib, u yorug’lik nurlarida turlicha tuslanadi. U ekran kabi, tirnalish, yorilishlar va boshqa shunga o‘xshash shikastlanishlarga chidamli o‘ta kuchli Corning Gorilla Glass 5 bilan qoplangan.