220 Sovutgichlar
Samsung RB31FERNDEF sovutgichida raqamli invertorli kompressordan foydalanish tufayli shovqin darajasi 39 dB gacha kamayadi. Shu bilan birga, u A+ energiya samaradorligi sinfiga mos keladi va yiliga 280 kVt/soatdan ko‘p bo‘lmagan elektr energiyasini iste’mol qiladi. Umumiy foydali hajmi 310 litrni tashkil qiladi. Shundan 212 litri – sovutish kamerasining hajmiga va 98 litri – muzxonaning hajmiga tegishli. Bu ko‘rsatkich katta oila uchun bir oylik oziq-ovqat zaxirasini oldindan saqlash uchun yetarli. Sovutish kamerasida toblangan shishadan yasalgan 3 ta tokcha, eshikka o‘rnatilgan 2 ta katta va 2 ta kichik tokchalar, meva va sabzavotlar uchun katta savat, shuningdek vino tokchasi mavjud.
No Frost avtomatik muzdan tushirish texnologiyasi kameralar ichida muz va qirov hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuning uchun ularni doimiy ravishda muzdan tushirishingiz shart emas. Ko‘p oqimli Multi Flow tizimi esa ikkala kamerada ham havo aylanish jarayonini optimallashtirib, mahsulotlarning yangiligini saqlab turadi. Boshqaruv eshikka o‘rnatilgan qulay sensorli panel yordamida amalga oshiriladi. Katta yorug‘lik diodli displeyda har bir kamerada o‘rnatilgan harorat hamda tanlangan rejim aks ettiriladi.
*Tovarning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.