Maksimal quvvati 250 Vt bo'lgan ixcham qo'l mikseri o'z vazifasini ajoyib bajaradi. Unda ko'pirtirish uchun 5 ta tezlik ko'zda tutilgan, buning hisobiga siz muayyan mahsulotlar uchun optimal rejimni tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari, maxsus «Turbo» rejimi ultra-kuchli ko'pchitish uchun mo'ljallangan. Qurilma plastik qoplamali mustahkam zanglamas po'latdan tayyorlangan. Ushbu modelning to'plamida zanglamas po'latdan ishlangan, ko'pchitish uchun venchik, shuningdek zanglamas po'latdan tayyorlangan, xamir qorish uchun ilmoq mavjud. Qulay dastasi qo'lda qulay tutish imkonini beradi, bunda u intensiv vibratsiyalar vaqtida sirg'alib ketmaydi, undan foydlanish jarayonini ishonchli qiladi. Ish vaqtida bloklash funksiyasi tufayli, siz uchliklar chiqib ketishi haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi.
*Mahsulotning to’plami va rangini sotuvchidan aniqlashtirib oling.