Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

SAMSUNG RB37J 5441 SA WT Sovutgichi

RB37J5441SA/WT (370L)
RB37J5441SA/WT (370L)
RB37J5441SA/WT (370L)
RB37J5441SA/WT (370L)
35
231: Samsung
  • SKU 28


















SAMSUNG RB37J 5441 SA WT Sovutgichi

Samsung  RB37J 5441 SA WT Ikki kamerali sovutgichida raqamli invertorli kompressordan foydalanish tufayli shovqin darajasi 38 dB gacha kamayadi. Ushbu model yiliga 314 kVt soatdan ko‘p bo‘lmagan elektr energiyasini iste’mol qiladi. Umumiy foydali hajmi 367 litrni tashkil qiladi. Shundan 269 litr – sovutish bo‘limining hajmi va 98 litr – muzxonaning hajmidir. Bu katta oila uchun bir oylik mahsulotlarni saqlash uchun yetarli. Fresh Zone bo‘limida go‘sht va baliq uchun optimal harorat saqlanganligi sababli ularni uzoq vaqt muzlatmasdan saqlash mumkin. Sovutish kamerasida 3 ta toblangan shishadan tayyorlangan tokcha, 2 ta katta va 2 ta kichik eshik tokchalari hamda meva va sabzavotlar uchun katta savat mavjud.

Noyob All-around Cooling texnologiyasi sovuq havoning doimiy aylanishini ta’minlashi tufayli sovutgichdagi zaxiralar uzoq vaqt davomida yangi holda saqlanib turadi. No Frost avtomatik muzdan tushirish kameralar ichida muz va qirov hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuning uchun ularni doimiy ravishda muzdan tushirishingiz shart emas. Boshqaruv eshikda joylashgan qulay sensorli panel yordamida amalga oshiriladi. Katta yorug‘lik diodli displeyda har bir kamerada o‘rnatilgan harorat va tanlangan rejim aks etadi.

Hajmi ko‘proq, o‘lchami bir xil

Sovutgichning ichki hajmi pastki muzlatish kamerasiga ega xuddi shunday tashqi o‘lchamlardagi oddiy sovutgichlar hajmidan kattaroq.* Space Max Technology™ texnologiyasi issiqlik izolyatsiyasiga ega yupqa devorchalardan iborat bo‘lib, ular sovutgichning energiya samaradorligini kamaytirmasdan ishchi kameralarining ichki hajmini kengaytirish imkonini beradi.

Har tomonlama sovutish

All-around Cooling texnologiyasi ishchi kameraning hamma joyini bir tekis sovutish imkonini beradi. Sovutilgan havo har bir tokchaga ochilgan ko‘plab shamollatish teshiklari orqali aylanib, sovutgichda doimiy haroratni ushlab turadi va oziq-ovqatlar doimo yangi holda saqlanib turadi.

Go‘sht va baliq saqlash uchun eng yaxshi sharoitlar

Yangilik zonasi (Fresh Zone) – bu go‘sht va baliq saqlash uchun eng yaxshi sharoitlar yaratilgan tortmadir, chunki unda optimal harorat ushlab turiladi va bu mahsulotlar eng yaxshi holatda saqlanadi.

Nisbatan baland va yirik narsalar uchun

Suriladigan tokchalar ichki maydoningizga qo‘shimcha egiluvchanlik beradi. U kattaroq butilkalarga va baland yoki katta idishlarga ko‘proq joy yaratish uchun ichkariga va tashqariga surilib, joydan samarali foydalanish imkonini beradi.

O‘zingizga qulay tarzda saqlang

Eshikda 4 ta olinadigan konteyner joylashgan bo‘lib, ularni turli o‘lchamdagi idishlarni saqlash uchun oson moslashtirish mumkin. Qadoqlar, butilkalar va boshqa turdagi mahsulotlarni joylashtirish uchun eshik tokchalarining o‘lchamini o‘zgartirishingiz mumkin.

Muzlatish kamerasidan to‘liq chiqariladigan tortma

Tortmani muzlatish kamerasidan o‘zining to‘liq chuqurligida tortib chiqarish mumkin bo‘lib, siz endi unda yirik mahsulotlarni saqlashingiz va oson chiqarib olishingiz mumkin.

Aqlli ishlaydi, uzoq xizmat qiladi

Raqamli invertorli kompressor yetti sovutish quvvati darajasidan birini tanlashga qarab ish tezligini avtomatik ravishda sozlaydi. Natijada sovutgich kamroq elektr energiyasi sarflaydi, shovqinsiz va uzoqroq xizmat qiladi.

 

Hosil bo‘ladigan muzlar haqida unuting

 

No Frost texnologiyasi sovutgich devorlarida muz hosil bo‘lishining oldini oladi va kameraning hamma joyida doimiy haroratni ushlab turadi. Bundan tashqari, ushbu tizim ishchi kameralarni sovutishni deyarli ikki baravar tezlashtiradi**, bu esa sovutish uchun elektr energiyasi sarfini kamaytiradi.

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»