Zamonaviy, 7 xil tezlikda ishlaydigan kombayn, hamirga tegishli barcha pazandalik «boshqotirmalarini» yechishga yordam beradi. Buning uchun kombayn hamir qorish va ko`pirtirish uchun nozillar bilan jixozlangan. Undan tashqari kombayn 3.9 litrlik idish bilan jixozlanib, unda istalgan quyuqlikdagi hamirni tayyorlash mumkin. Impulsli ishlash rejimi va tezlikni sozlash xususiyati, ushbu modelni boshqa modellardan ajratib turadi.
Kombayn ko`p hajmli ishlarni doimiy bajarishga qodir bo`lgani uchun, u uzoq vaqt davomida xizmat qiladi. Idish germetik tarzda yopiladi, va qopqoqida kombaynning ish jarayonida massaliqlarni qo`shishga teshik bilan jixozlangan. Undan tashqari ushbu model qayta qo`shilib ketish xavfidan himoyalangan. Nozillarni o`rnatish uchun ko`p xususiyatli dastag, nozillarni avtomatik o`rnatish va planetar aylanish xususiyatlari ushbu kombaynning qo`shimcha afzalligi bo`ladi. Nozillarni maxsus sumkada saqlash mumkin.
*Mahsulot rangi va to`plami haqidagi ma`lumotni konsultantlardan so`rang.