220 Sovutgichlar
Sovutgichning zamonaviy xushbichim dizayni ajoyib va nozik taomlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Silliq sayqallangan sirtga ega bejirim tuzilish oshxonangizning ichki ko‘rinishini a’lo darajada to‘ldiradi va zamonaviy pardozga urg‘u beradi. Bundan buyon oshxonangiz ziyofat chog‘ida uyingizdagi eng gavjum joy bo‘ladi. Raqamli invertor texnologiyasi barcha 7 ta sovutish darajasida kompressor tezligini avtomatik ravishda sozlaydi. Ushbu texnologiyadan foydalanish tufayli kompressor kamroq energiya sarflaydi, ish paytida kamroq shovqin chiqaradi va kamroq eskiradi — bularning barchasi uning ishlash muddatini uzaytirish imkonini beradi.Twin Cooling Plus™ tizimi sovutgich kameralarini bir-biridan alohida sovutadi, shu orqali noxush hidlarning sovutish kamerasidan muzlatish kamerasiga o‘tishini oldini oladi. Bu muzlatilgan mahsulotlarning tabiiy ta’mini yaxshiroq saqlashga yordam beradi.
*Mahsulotning to‘liq to‘plamini va rangini maslahatchidan aniqlang.