220 Smartfonlar
Mashhur cho‘ntakbopning takomillashtirilgan versiyasi Samsung Galaxy A10 — A tarmog’idagi eng yosh model. Ko‘zga ko‘ringan innovatsiyalardan smartfonga « kiritildi »,barmoq izi sensori (orqa panelda) va asosiy kameraga ikkinchi «ko‘z» qo‘shildi. Bundan buyon qurilma orqa tomondan 13+2 megapikselli bir juft fotomodulda suratga oladi (ikkinchi linza portret rejimida fonni xiralashtirish uchun ishlatiladi). Bundan tashqari, smartfon kuchli 4000 mA/soat akkumulyator va boshqa «temir» butlovchi qismlarga ega bo‘ldi. Smartfon 2 Gb tezkor xotira va PowerVR GE8320 grafikasi qo‘shilgan sakkiz yadroli MediaTek Helio P22 chipseti nazorati ostida ishlaydi. Gadjetning ichki xotirasi 32 Gb hajmga ega. Smartfon tuzilmasida xotira hajmini (512 GB gacha) kengaytirish uchun alohida microSD karta uyasi mavjud. Qurilmaning old tomoni foydalanuvchini 8 megapikselli selfi kamerasi uchun tomchisimon kesimi bo‘lgan 6,2 dyuymli displey bilan kutib oladi. « Qutidan chiqishi»bilan qurilma ustida xususiy One UI qobig’i o‘rnatilgan Android 9 Pie operatsion tizimida ishlaydi.