Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

IPHONE 11 PRO 256GB GREEN

IPHONE 11 PRO 256GB GREEN
IPHONE 11 PRO 256GB GREEN
IPHONE 11 PRO 256GB GREEN
IPHONE 11 PRO 256GB GREEN
deliverydeliverydelivery
35
231: Apple
  • SKU 1765


















IPHONE 11 PRO 256GB GREEN smartfoni

Apple iPhone 11 Pro 256GB Midnight Green eng yangi Super Retina XDR OLED displeyi bilan jihozlangan. Keng 5,8 dyuymli ekran 2436x1125 piksel o‘lchamli va 463 dpi zichligi bilan beqiyos darajada yorqin va boy tasvirni namoyish etadi. Ekran yupqa zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ramka bilan o‘ralgan. Yuqori modulda kameraga qo‘shimcha ravishda yorug’lik va yaqinlashtirish uzatgichlari, infraqizil kamera, dinamik va nuqta proyektori mavjud. Aynan shu blok yuzni aniqlashning yuqori aniqlikdagi Face ID texnologiyasining uzluksiz va barqaror ishlashini ta'minlaydi. Qurilmani qulfdan chiqarish uchun ekranga qarashning o‘zi kifoya.

Qurilma resurs talab qiladigan zamonaviy o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlashni juda yaxshi uddalaydigan 6 yadroli Apple A13 Bionic protsessori asosida ishlaydi. Ko‘p sonli ilovalar, musiqa, videolar va boshqa fayllarni saqlash uchun 256 Gb ichki xotira taqdim etilgan. 4 GB operativ xotira esa bir vaqtning o‘zida bir nechta dastur va jarayonlarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun yetarlidir.

Ushbu model o‘zining fonida yaltiroq olma belgisini ta'kidlab turuvchi mat qoplamali noyob shisha korpusga ega. IP68 reytingi indeksiga muvofiq suvdan maxsus himoyalanganlik darajasi tufayli siz suyuqlik sachrashidan, yomg’irda qolishidan yoki hatto suv ostida ajoyib suratga tushishdan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Siz uni yarim soat davomida 4 metr chuqurlikda ishlatishingiz mumkin.

Qurilmaning orqa tomonida uchta kamera mavjud – keng burchakli, yuqori darajada keng burchakli va telefotokamera. Har bir obyektivning o‘lchamlari 12 megapikselni tashkil qiladi. Kichikroq fokus uzunligiga (13 mm) yuqori darajalikeng burchakli 5 linzali obyektiv ega, uning natijasida kadrga kattaroq maydob sig’ adi. Uning linzalari yordamida odamni katta bino fonida uning tepa qismlarini kesmasdan suratga olish yoki oddiygina 120 darajagacha bo‘lgan original ko‘rish burchagi bilan suratga olishi mumkin. Keng burchakli kamera – optik tasvir barqarorligi bilan 6 linzali obyektiv bilan jihozlangan. Shuningdek, u butun matritsa bo‘ylab Focus Pixels texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun hatto yorug’likda past bo‘lganda ham obyektiv avtomatik ravishda fokuslanadi. Telefoto-kamera 2x optik zumga ega. Orqa platformadagi miniatura ko‘rinishidagi foto-funksionalning bo‘rtmasi chiroyli va ergonomik ko‘rinadi. Old tarafdagi keng burchakli TrueDepth kamerasi 12 megapikselli yuqori aniqlikda va True Tone chirog’i bilan selfi oladi. Shuningdek, soniyasiga 120 kadr tezlikda sekin harakatlanuvchi selfi suratga olish imkoniyati paydo bo‘ldi, Apple ishlab chiquvchilari ularga «sloufi»nomini berishdi. 4K videolar juda tiniq, jonli va yuqori darajada detallashgan. Bundan tashqari, video yozib olish kengaytirilgan diapazon va kinematografik barqarorligi bilan amalga oshiriladi.

 

3190 mA/soat quvvatga ega Li-Ion akkumulyatori 18 soat suhbatlashish va 65 soat musiqa tinglash imkonini beradi. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar fazoviy audio tinglashni qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus stereo dinamiklarni taqdim etdilar. Bunday tizim toʻliq ishtirok etish effektining katta hajmli tovushiga taqlid qilib, birinchi marta amalga oshirilmoqda.

*Tovarning to‘plam tarkibi va rangini maslahatchidan aniqlashtiring

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»