Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

REDMI NOTE 8 3/32GB

REDMI NOTE 8 3/32GB
REDMI NOTE 8 3/32GB
REDMI NOTE 8 3/32GB
REDMI NOTE 8 3/32GB
deliverydeliverydelivery
35
231: Xiaomi
  • SKU 1729


















Smartfon Xiaomi Redmi Note 8 3/32 GB

Xiaomi Redmi Note 8 zamonaviy smartfoni o‘zida nafis ko‘rinish, kuchli suratga olish imkoniyatlari, cheksiz ekrandagi yuqori sifatli tasvirlar va chuqur, tiniq ovozni o‘zida mujassam etgan. Muxlislar ushbu modelning xalqaro versiyasini kutishmoqda, keling, hozircha ushbu telefonning asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Kameralar

Agar siz suratga olishni yaxshi ko‘rsangiz, Redmi Note 8 aynan siz uchun! Asosiy kamera to‘rtta moduldan iborat bo‘lib, smartfondan xoh u makro tasvirga olish, portret suratga olish, 4K video yozish yoki shaharning tungi panoramasini olish bo‘ladimi farqi yo‘q, undan turli vaziyatlarda kamera sifatida foydalanish mumkin

To‘rt kameraning imkoniyatlari cheksiz tuyuladi

4 modulli blokning eng yuqori qismida 120 daraja ko‘rish burchagi bilan keng burchakli obyektiv (1,12 μm, f/2,2) joylashgan. Yoritish darajasiga qarab optimal tasvirga olish rejimi tanlanadi, shu bilan birga yon tomonlardagi xiraliklar minimallashtiriladi.

Quyida 4K video yozish,kunduzi va kechasi yuqori sifatli suratlar olishga javob beradigan yuqori o‘lchamli (SONY 0,8 μm, f/1,79) 48 megapikselli modul joylashgan.

Portret linzalari (1,75 μm, f/2,4) real vaqtda xiralik miqdorini sozlash imkonini beradi, studiyada suratga olishni taqlid qilish.

Pastida makro obyektiv joy olgan, uning yordamida o‘lchami 1,75 mkm bo‘lgan yuqori sifatli tasvirlarga erishish mumkin.

Selfi kamerasi ham yaxshi taassurot qoldiradi. Bu yerda telefonning old tomonidagi kichikroq tomchi ichiga yashiringan 13 megapikselli obyektiv bor.

Displey

Xiaomi Redmi Note 8 ning yuqori sifatli darajada ishlashi ushbu qurilmaga bir qarashdayoq seziladi. Displey maksimal darajadagi ingichka ramkali va ekran yuzasining 90% ish jarayoniga ajratilgan. Bularning barchasi yuqori sifatli dinamiklar va ovoz bilan uyg’unlikda ushbu modelni raqobatchilardan ajratib turadi.

Displey diagonali ancha katta – 6,3 dyuym, ekanligini hisobga olib yaratuvchilar gadjetni salbiy omillardan himoya qilish to‘g’risida qayg’urishgan. Ekran Gorilla Glass 5 himoya oynasi bilan qoplangan, telefon korpusi esa suvni qaytaruvchi qoplamga ega.

Uch turdagi ranglar modellarining–,Fantasy Blue, Space Black, Moonlidht White, har biri korpusida chiroyli rang tuslarini yaratuvchi 2,5D gradient oynasi alohida e'tiborga loyiqdir.

Gaddjetlarimiz bilan qanchalar ko‘p vaqt sarflashimizni hisobga olib, ishlab chiqaruvchilar Redmi Note 8 foydalanuvchilarining ko‘zlarini himoyasi haqida ham o‘ylashdi. Displeyda Reynland TÜV tomonidan sertifikatlangan ko‘k filtr mavjud. Bu smartfondan uzoq vaqt foydalanishning ko‘rishga zararli ta’sirlarini kamaytirish imkonini beradi.

Tezkor ishlash, operatsion tizim

Yuqori darajadagi samaradorlik 2 gigagerts maksimal chastotali Qualcomm Snapdragon 665 protsessor tomonidan ta'minlanadi. Video protsessor – Qualcomm Adreno 610. Oʻyinlardagi har qanday buyruq va tezkor harakatlarga javob qaytarish sizga Google Play’da mavjud boʻlgan eng yaxshi ilovalardan bahramand boʻlish imkonini beradi.

Qurilma Android 9.0 Pie operatsion tizimida, bizga Syaomi smartfonlarining boshqa modellaridan yaxshi ma'lum bo‘lgan xususiy MIUI 10 qobig’i bilan ishlaydi.

Boshqa xususiyatlar

  • 18 Vt tezkor zaryadlanadigan 4000 mA/soat sig’imli akkumulyator.
  • Smart PA audio kuchaytirgichidan karnaydagidek sifatli ovoz.
  • Yorqin bass bilan hayratga soladigan yuqori chiziqli 1217 dinamik.
  • Ikki SIM-kartani qo‘llab-quvvatlash, ichki xotirani microSD xotira kartasi bilan kengaytirish imkoniyati.
  • Xiaomi Redmi Note 8 modeli uchta xotira versiyasida taqdim etiladi – 3/32 GB, 4/64 GB va 4/128 GB

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»